Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Fevral/2021   Dolzarb

Fransiyadan munosabat: O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash sohasida belgilangan vazifalar demokratik islohotlar namunasidir

PARIJ, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. Fransiyadagi Xalqaro taʼlim va birdamlik assotsiatsiyasining (A.S.I.E) rivojlanish bo‘yicha direktori  Alan Payen Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ko‘tarilgan masalalarni mamlakatda inson huquqlari sohasida so‘nggi to‘rt yil ichida amalga oshirilgan islohotlarning mantiqiy davomi ekanini aʼkidladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 - O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqi keng jamoatchilikning eʼtiborini tortgani kabi, ushbu maʼruzada taʼkidlangan tashabbuslar meni ham  o‘ziga jalb qildi, - dedi u.  - Men uch yildan beri  O‘zbekiston, jumladan mamlakatning Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda qator loyihalarni amalga oshirib kelayapman.

O‘zbekistonda inson huquqlariga berilayotgan eʼtibor, ayniqsa, gender tengligi taʼminlanayotgani quvonarli holdir. Mamlakatingizda ayollarni maktab va universitetlarda tahsil olishi, jamiyat ishlariga faol jalb qilinishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Jamiyatda barcha insonlarning, u sog‘lom yoki imkoniyati cheklangan bo‘lishidan qatʼiy nazar, ularning huquqlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bunday sharoitda hamma o‘zini erkin his qilib, orzu-havaslarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu jihat demokratik islohotlarning namunasi hisoblanadi va, albatta, ushbu saʼy-harakatlar bizni ruhlantirmoqda.

Assotsiatsiyamiz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri - bu bolalar huquqini himoya qilishga qaratilgan. Bolalar asosiy vaqtini bilim olishga sarflashini qo‘llab-quvvatlashni asosiy vazifamiz, deb bilamiz.  Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda majburiy va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Buni biz muntazam kuzatib borayapmiz.

O‘zbekiston hayotida yoshlarning o‘rni beqiyos. Sababi 25 yoshgacha bo‘lgan aholi 45 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatgichning o‘zi aholi qatlamining davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan, tashkilotimizni O‘zbekistonda yana-da ko‘proq loyihalarni amalga oshirishga undamoqda.

Mavzuga oid

Qirg‘iziston elchisi: Biz O‘zbekistonnin...

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Ibrogim Junusov “Dunyo” AA muxbiriga Prezident S...

Misrda Cotton Campaign koalitsiyasining ...

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan «Cotton Campaign» kaolitsiyasi tomonidan o‘zbek paxta...

Pokistondan munosabat: Afg‘oniston bo‘yi...

Toshkentda o‘tkazilgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqa...

So`nggi yangiliklar