Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyul/2021   Dolzarb

Fransiyadan munosabat: Yangi qonun diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy va maʼnaviy barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgani holda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzini yana-da oshiradi


PARIJ, 27 iyul. “Dunyo” AA/. Fransiya Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi eksperti, islomshunos olim Karim Ifrak yaqinda Oliy Majlis tomonidan maʼqullangan va davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

- 5 iyul sanasi yangi O‘zbekiston tarixida alohida o‘rin tutadi, - dedi fransiyalik islomshunos olim. - Chunki shu kuni mamlakat hayoti uchun muhim bo‘lgan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Men ushbu muhim hujjatning qabul qilinishini O‘zbekistonning zamonaviy va ochiqlik siyosati tasdig‘i va  mintaqadagi barqarorlik va tinchlikning kafolati ramzi, deb bilaman. Nazarimda, fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼiy nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z huquqlarini to‘la amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratishi hujjatning ahamiyatini yana-da oshiradi.

Qonunni tayyorlashda xalqaro meʼyor va talablar, birinchi navbatda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining umumiy tartibdagi sharhlari puxta o‘rganilib, ulardagi asosiy qoida va tamoyillar inobatga olingan.

Mamlakatda shakllangan anʼana, urf-odat va qadriyatlarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning ushbu qonunida Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar ekspertlari tomonidan berilgan tavsiyalar ham o‘z aksini topgan.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, O‘zbekiston - ko‘p konfessiyali mamlakat. Unda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat va elat vakillari 16 konfessiyaga amal qiladi. Ularning o‘zaro tinch, totuv va o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi vatan ravnaqi va yurt tinchligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, qonun bilan belgilab qo‘yilayotgan vijdon erkinligini taʼminlash sohasidagi asosiy ustuvorliklar konfessiyalar o‘rtasida tinchlik va totuvlikni taʼminlash, dunyoviy davlatchilik tamoyilini kafolatlash hamda odamlarga yot g‘oyalarning singdirilishiga qarshi maʼrifat yo‘li bilan kurashishni nazarda tutadi.

Mazkur qonun diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy va maʼnaviy barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgani holda O‘zbekistonning jahon hamjamitidagi nufuzini yana-da oshirishiga ishonchim komil.

Mavzuga oid

21-oktabr — Afg‘onistonda o‘zbek tili ku...

Afg‘onistonning Balx viloyati markazi — Mozori Sharif shahrida o‘zbek tili kuni bayrami mu...

O‘zbekiston Prezidenti “Turkiy dunyo tik...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolila...

YeXHT Doimiy kengashi majlisida O‘zbeki...

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Doimiy kengashining videokonferensiya...

So`nggi yangiliklar