Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyul/2021   Dolzarb

Fransiyalik ekspert: Toshkent anjumani qamrab olgan masalalar ko‘lami keng bo‘ldi


TOSHKENT, 17 iyul. /“Dunyo” AA/. Katta Parij barqaror sarmoyalar alyansi prezidenti (Grand Paris Alliance) Nikolya Bushu  “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Markaziy  va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida muhokama qilingan masalalarning ikki mintaqa farovonligini taʼminlashdagi ahamiyati xususida atroflicha to‘xtaldi.

- Men O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Toshkentda o‘tkazilgan  ushbu muhim konferensiyada ishtirok etganimdan juda mamnunman.

Infratuzilma loyihalariga hissa qo‘shish mavzusi bugungi kunning global kun tartibidir. Xususan, ushbu masalalar G7, G20 va boshqa yirik forumlar doirasida tez-tez muhokama qilinayotganini alohida taʼkidlashni istar edim. Lekin Toshkent anjumani qamrab olgan masalalar ko‘lami ancha keng bo‘ldi. Xavfsizlik, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi va ekologiya bilan bog‘liq masalalarda o‘zaro birlashishning barcha shakllari Markaziy Osiyo uchun dolzarbdir. Agar mazkur konferensiya 10 yoki 20 yil oldin bo‘lib o‘tganida edi, u faqat o‘zaro aloqalar, rivojlanish va global xavfsizlikka xizmat qilgan bo‘lar edi.  Ammo bugungi kunda biz umumbashariy miqyosda duch kelayotgan zamonaviy muammolarning kun tartibi xiyla murakkabdir.

Men O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlari, Pokiston Bosh vaziri, YEI yuqori darajali vakillari, tashqi ishlar vazirlari maʼruzalarini tinglaganimdan so‘ng o‘ylanib qoldim: bu uchrashuv shuncha siyosiy ishtirokchi va diplomatlarni jalb qila olgan ekan, demak bu anjuman qanchalik muhim ekanini anglash qiyin emas. Konferensiyaning dolzarbligi O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Afg‘onistondagi vaziyat bilan ham bog‘liq. Ushbu anjuman nafaqat o‘zaro fikr almashish maydonchasi bo‘ldi, balki uning natijalari ko‘plab muammolarga yechim topishga xizmat qiladi.

Pirovardida bu yerda muhokama qilingan barcha masalalar ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash istiqbollari tahliliga bag‘ishlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ...

Joriy yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim tashkilotl...

O‘zbekiston va Rossiya hududlararo hamko...

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hududlararo aloqalarni kengaytirish yildan-yilga muhim ah...

Yangi turdagi COVID-19 koronavirusi pand...

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishini pandem...

So`nggi yangiliklar