Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Fransiyalik mutaxassis O‘zbekistonning tibbiyot sohasini takomillashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi


PARIJ, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev “AP-HP International” assotsiatsiyasi rahbari, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining SOVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Dide Ussen bilan videomuloqot tarzida muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Dide Ussen boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil aprel oyning boshida O‘zbekistonga tashrifining natijalari muhokama qilindi.

Fransuz mutaxassislari Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazgani, Zangiota tumanida COVID-19ga chalingan bemorlar uchun tashkil etilgan maxsus shifoxona, Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida barpo etilgan Stomatologiya klinikasi, Milliy pediatriya markazi hamda yangi qurilgan “Ona va bola markazi” va Perinatal markazi faoliyati bilan tanishganidan mamnun ekanini bildirdi.

D.Ussen O‘zbekiston rahbariyatining tibbiyot sohasini takomillashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Ayniqsa ona va bola salomatligiga e’tibor katta ekani alohida ta’kidlandi.

“AP-HP International” assotsiatsiyasi mamlakatimiz bilan tez tibbiy yordam, pediatriya va jamoat salomatligi sohasidagi laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Shu maqsadda mazkur assotsiatsiya va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida Hamkorlik memorandumining imzolanishi rejalashtirilgan.

2016 yilda asos solingan “AP-HP International” assotsiatsiyasi Parij shahrining 32 ta yirik markaziy shifoxonasining xalqaro faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotdir. 100 mingdan ortiq tibbiyot mutaxassisini qamrab olgan. Xodimlar malakasini oshirish, sohadagi loyihalarni audit qilish va boshqarish bo‘yicha faoliyat olib boradi, shifoxonalar qurish bo‘yicha maslahatlar beradi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islo...

O‘zbekiston elchisi Nabijon Qosimov Germaniya Bundestagi vitse-prezidenti Xans-Peter Fridr...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

Inson bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urishi, chet davlatlarga vaqtincha mehnat qilish yoki bo...

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va...

Bugun O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi vakillari ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘...

So`nggi yangiliklar