Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Dolzarb

Fransiyaning Bordo shahrida O‘zbekistonning uzumchilik sohasidagi salohiyati keng taqdim etildi

PARIJ, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 23-26 iyun kunlari Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkazilgan “Bordeaux fête le vin” yirik xalqaro festivalida O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan respublikamizning uzumchilik sohasi salohiyati keng taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda qatnashishdan maqsad – joriy yil avgust oyida Parkent tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Uzum sayli” festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uyushtirishda Fransiya tajribasini tadbiq qilishni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Anjumanda O‘zbekistonda Prezident tashabbusiga binoan, uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlash, vinochilik sohasini rivojlantirish va unga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot taqdim qiindi.

Bordo shahar meri Pyer Urmik festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston vakillari ushbu tadbirda ilk bor ishtirok etayotganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladi.  Muloqot chog‘ida Pyer Urmik O‘zbekiston bilan vinochilik sohasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi hamda mamlakatda avgust oyida “Uzum sayli” festivalini o‘tkazish g‘oyasini yuqori baholadi.

 “La Cité du Vin” jamg‘armasi bosh direktori Filipp Massol o‘zbekistonlik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yil davomida “La Cité du Vin” muzeyiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va sayyohlar uchun taqdimotini o‘tkazish orqali ularni yevropaliklar orasida keng targ‘ib qilish imkoniyati yaratiladi.

“O‘zbekiston hududida uzumchilik va sharob ishlab chiqarish 3 ming yildan ortiq tarixga ega. Mazkur sohani rivojlantirish mamlakatga sayyohlar sonini ko‘paytirish hamda ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi”, deya taʼkidladi Filipp Massol.

Tashrif davomida “La Cité du Vin” vino tarixi va madaniyati jamg‘armasi rahbariyati va Parkent tumani hokimiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi hamda mazkur muzeyda o‘zbek vino mahsulotlarining taqdimoti o‘tkazildi.

“Bordeaux fête le vin” (“Sharob festivali”) Bordo metropoliyasi sayyohlik idorasi va Bordo meriyasi tomonidan har ikki yilda bir marta tashkil etiladi. Festival ilk bor 1998 yilda o‘tkazilgan. Tashkilotchilarning maʼlumotiga ko‘ra, pandemiyadan oldin o‘tkazilgan festivalda 400 mingdan ortiq sayyoh ishtirok etgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha ik...

Irlandiyaning “Speedtest.net” portalining ma’lum qilishicha, joriy yil fevral oyi holatiga...

Vladimir Norov: Afg‘oniston Muvaqqat huk...

«Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazining Kongress xollida “Afg‘oniston: xavfsiz...

Yaponiyadan munosabat:O‘zbekiston va Ros...

Yaponiya xalqaro munosabatlar instituti (JIIA) katta tahlilchisi Xironori Fushita

So`nggi yangiliklar