Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Ta'lim

Fransiyaning «Le Cordon Bleu» institutida ilk bor tahsil olgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlashdi

PARIJ, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. Gastronomik turizm O‘zbekiston sayyohlik imkoniyatlarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning jahon gastronomik turizmi bozoridan munosib o‘rin egallashi va jahon miqyosida keng ommalashgan gastronomik sayyohlik infratuzilmalarini yaratishda mazkur sohada faoliyat ko‘rsatadigan kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega.


Shu maqsadda 1895 yilda tashkil etilgan, kulinariya, pazandachilik, restoran va turizm boshqaruvi sohalarida Fransiyaning eng ilg‘or o‘quv muassasalaridan biri hisoblangan «Le Cordon Bleu» instituti bilan malakali oshpaz kadrlar tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha Toshkent shahar hokimligi tomonidan eʼlon qilingan grantlar asosida tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda 2022 yil 3 fevral sanasida Toshkent shahri hokimligi va «Le Cordon Bleu» o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 56 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis-talabalar institutning - Oshxona diplomi (Diplôme de Cuisine), Qandolatchilik diplomi  (Diplôme de Pâtisserie) va Non maxsulotlari diplomi (Diplôme de Boulangerie) yo‘nalishlarida tahsil olishmoqda.

Joriy yil 23 sentyabr kuni mazkur institutda tahsil olgan o‘zbekistonlik talabalarning ilk guruhi o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlashib, institut diplomlarini oldilar.

Taʼkidlash joizki, 2019 yilda «Le Cordon Bleu» instituti bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatilgan edi. 2022 yili bir necha marta delegatsiyalar almashuvi amalga oshirildi. Xususan, iyun oyida hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama etish maqsadida «Le Cordon Bleu» instituti prezidenti Andre J. Kuantroning O‘zbekistonga amaliy safari bo‘lib o‘tdi. Turizm va madaniy meros, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirliklari hamda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda O‘zbekiston taʼlim muassasalari bilan turizm va gastronomiya sohasida o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish xamda qo‘shma dasturlarni hayotga tadbiq etish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, «Le Cordon Bleu» instituti  boshlang‘ich bosqichdan to universitet o‘quv dasturlarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli taʼlim dasturlarini taklif etadi. Hozirgi paytda institut dunyoning 20 davlatida 35 ta filialiga ega. Har yili turli millat vakillaridan iborat bo‘lgan 20 000 nafar talaba mazkur oliy o‘quv yurtini bitiradi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Hindiston tahlil markazla...

Kecha O‘zbekiston-Hindiston tahlil markazlarining uchinchi forumi onlayn shaklda bo‘lib o‘...

O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari ...

Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy va taʼlim sohasidagi aloqalarni yana-da kengaytir...

Jizzaxda Hindiston bilan hamkorlikda tas...

Kecha Jizzax shahrida «Sambhram» universitetining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali mar...

So`nggi yangiliklar