Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Oktabr/2021   Sayyohlik

Fransuz nodavlat tashkiloti bilan ta’lim, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


PARIJ, 13-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi madaniy-gumanitar sohada O‘zbekiston-Fransiya ikki tomonlama munosabatlarini kengaytirish maqsadida «Anor» nodavlat tashkiloti rahbari S.Jindt bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida ta’lim va turizm sohasida munosabatlarini yanada faollashtirish borasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.  

S.Jindt fransuz tilining yurtimizda ommalashib borayotganini va universitetlararo hamkorlik avvalgi yillarga nisbatan faollashganini ta’kidladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda fransuz tili o‘rgatish bo‘yicha 3 mingga yaqin mutaxassis borligini ma’lum qildi. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta ko‘rsatkichdir. 

Toshkilot rahbariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirish, mamlakatimizning tarixi, madaniyati, turizm va ta’lim sohasidagi yirik salohiyatini fransuz jamiyati orasida keng targ‘ib qilish maqsadida «Anor» nodavlat tashkilotiga asos solingan. 

Fransuz nodavlat tashkiloti faoliyati doirasida mamlakatimizning fransuz tili mutaxassislari uchun Fransiyada malaka oshirish kurslarini, o‘quvchi va talabalar uchun yozgi maktablarni tashkil etish, fransuz o‘qituvchilarini yurtimizga yuborish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorlik qayd etildi. 

Fransuz tomoniga istiqbolli sohalar sifatida qo‘shimcha ravishda Prezident maktablarining salohiyatini oshirish, ularga fransuz tili mutaxassislarini jalb qilish, ta’lim sohasida fransuz o‘quv muassasalari ishtirokida konferensiyalar va davra suhbatlarini hamkorlikda amalga oshirish taklifi bildirildi.

Shu bilan birga, yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Fransiya ta’limi forumi yurtimizda Fransiya ta’lim tizimiga qiziqish oshib borayotganini ko‘rsatganini inobatga olib, mamlakatimizda yetakchi fransuz oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi.  

Uchrashuv yakunida ta’lim, turizm va madaniyat sohalarida loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Yevropalik jurnalistlar O‘zbekistonning ...

Yevropa ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston va uning turizm salohiyati haqida axborot...

O‘zbekistonda noyabr oyi «Keksalar uchun...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvva...

Niderlandiyalik bir guruh olim, yozuvchi...

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov kecha niderlandiyalik taniqli madaniyat...

So`nggi yangiliklar