Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2022   Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etadi

 TOSHKENT, 24 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Turkiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Joriy yil 1-9 oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida nogiron-amputantlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda 5 karra jahon chempioni O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi ham qatnashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi “E” guruhidan o‘rin olgan holda Polsha, Ispaniya va Tanzaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Kecha ushbu nufuzli musobaqa oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati jamoa aʼzolari bilan uchrashdi. Matonat, iroda va jasurlikni namoyish qilib kelgan, mundiallarda yuqori natija qayd etgan vakillarimizning bu galgi turnirda ham munosib ishtirok etishiga tilak bildirildi.

-Bu terma jamoa haqida butun futbol jamoatchiligi va muxlislar iliq fikrda, - dedi O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov. -Jamoamiz har doim yaxshi natija ko‘rsatib, jahon chempionatlarida sovrindor bo‘lgan. Matonatli yigitlarimiz bu gal ham musobaqada yuqori natija qayd etishiga ishonamiz.

Uchrashuvda O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi bosh murabbiyi va futbolchilar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jamoa aʼzolari bildirilgan ishonchni oqlashini va O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishini taʼkidladi.

Mavzuga oid

Joriy yilgi sambo bo‘yicha Osiyo chempio...

oriy yil iyun oyida o‘tkaziladigan sambo bo‘yicha Osiyo chempionati mezbonligi Toshkentga ...

Toshkentda kamondan otish bo‘yicha «Alpo...

Bugun poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaz...

Odil Ahmedov Xitoyning “Shanxay SIPG” k...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoyning ...

So`nggi yangiliklar