Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Media

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri kubogi uchun musobaqalar o‘tkazildi


TOSHKENT, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizda tizimli tarzda sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi kunda sportni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini rag‘batlantirish hamda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish har bir tashkilot uchun muhim vazifaga aylandi.

Jumladan, joriy yil 28 noyabr - 6 dekabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri kubogi uchun tashkil etilgan mini-futbol musobaqalarida vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbirlari Farida Islomova va Anvar Ilyosov (foto).

Ushbu musobaqalarda jami 16 ta jamoa qatnashdi. Guruh bahslarida birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar pley-off uchrashuvlarida bellashdi.

3-o‘rin uchun kechgan bahsda vazirlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan jamoa Yig‘ma-axborot tahlil departamenti va Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi birlashgan jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qizg‘in kechgan uchrashuvda Yig‘ma-axborot tahlil departamenti va Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi xodimlari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Final uchrashuvida Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi va Konsullik-huquqiy departamenti vakillari g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi. Unda Konsullik-huquqiy departamenti jamoasining qo‘li baland kelib, turnirda g‘alaba qozondi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga kubok, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu turnir ishtirokchilarning nafaqat xalqaro munosabatlar borasida mustahkam bilim va ko‘nikmaga ega ekanligini, balki futbol bo‘yicha ham qiziqishi va mahorati yuqori ekanini ko‘rsatdi.  Bu kabi sport musobaqalarining anʼanaviy tarzda o‘tkazib borilishi tizimda ishchanlik kayfiyatini yana-da oshirish va mehnat samaradorligini yuksaltirishga yordam beradi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi islo...

Respublikamizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni jahon ha...

Birinchi MDH mamlakatlari sport o‘yinlar...

Kecha Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk marotaba o‘tkazilayotgan Birinchi Musta...

Buyuk Britaniyadan tabrik: Vatanimiz tar...

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining vitse-direktori Kamola Mahmudova O‘zbekiston Res...

So`nggi yangiliklar