Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2022   Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kamerun vakillarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi

TOSHKENT, 23-sentabr. /“Dunyo”  AA/. FIFA kunlari doirasida Jabuniy Koreyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Kamerun jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi, deb xabar bermoq “Dunyo” AA muxbiri.


Srechko Katanes bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi futbolchilari butun o‘yin davomida juda tartibli va o‘zaro hamjihat harakat qildi.

Pressing va qarshi hujumlar natijasida bahsning 25-daqiqasida Eldor Shomurodovning qanotdan amalga oshirgan tezkor yurishi  va aniq uzatmasidan so‘ng Hojimat Erkinov hisobni ochdi. Bu Hojimatning milliy terma jamoamizdagi  ilk goli bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi taymni ham ishonchli tarzda o‘tkazdi. Natijada o‘yinning 76-daqiqaga kelib vakillarimiz Kamerun darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi.  Ikkinchi  gol Oston O‘runov nomiga yozildi. O‘yin yakunigacha ushbu 2:0 hisobi o‘zgarmadi va O‘zbekiston  nomdor raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Taʼkidlash kerakki, Kamerun termasi joriy yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022ga yo‘llanma olgan jamoa hisoblanadi. Afrika qitʼasi vakillari ayni paytda Janubiy Koreyada mundialga so‘nggi tayyorgarlik yig‘inini o‘tkazayapti.  O‘zbekiston bilan kechgan bahsda jamoa bosh murabbiyi Rigober Song asosiy tarkib futbolchilarining barchasini sinab ko‘rdi.  

O‘zbekiston milliy terma jamoasi  navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida JCH-2022ning yana bir ishtirokchisi - Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushadi.  Ushbu bahs ham 27 sentyabr kuni Janubiy Koreyada o‘tkaziladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston sportchilari Pekin qishki Ol...

Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘zbek sportchilarining yuks...

“Tokio-2020”: Dzyudo bahslari uchun qurʼ...

“Tokio–2020” yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bahslari uchun qurʼa tashlash marosimi bo‘...

O‘zbekiston og‘ir atletika sporti salohi...

Gretsiyaning Iraklion shahrida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi j...

So`nggi yangiliklar