Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Oktabr/2021   Ta'lim

G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


OQTOV, 11-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli Otabek Tursinbekov G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universiteti prorektori Ayanbek Abekeshev va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti prorektori Otabek Alimov bilan uch tomonlama videokonferensiya o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn-muloqot chog‘ida G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universitetida tahsil olayotgan vatandosh-talabalarning O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirokini ta’minlash hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bosh konsul Qozog‘iston vakillarini O‘zbekistonda joriy yil 24 oktabr kuni o‘tkaziladigan Prezident saylovi kampaniyasining borishi va uni o‘tkazish tartiblari bilan tanishtirdi. Shuningdek, 16 oktabr kuni Uralsk shahridagi Qozog‘iston xalq assambleyasi binosida muddatidan oldin ovoz berishi jarayoni o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Ayanbek Abekeshev ushbu universitetda O‘zbekistondan 17 nafar talaba tahsil olayotganini aytdi. G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universiteti prorektori o‘zbekistonlik talabalarning muddatidan oldin ovoz berish jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashilishini bildirdi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universiteti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘ldi.

Tomonlar universitetlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Mavzuga oid

O‘zbekistondagi Gyote instituti: Ta’lim ...

Xorijiy tillarni o‘rganish hamma zamonlarda ham katta ahamiyat kasb etgan va bundan keyin ...

YUNESKO bilan taʼlim sohasida hamkorlikn...

O‘zbekistonning YUNESKO qoshidagi Doimiy vakolatxonasi mazkur xalqaro tashkilot Bosh direk...

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbeda bo...

Joriy yil 27-30 oktabr kunlari Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlar o‘qituvchi va ta’lim...

So`nggi yangiliklar