Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Germaniya investorlari O‘zbekiston mis sanoatining imkoniyatlari bilan qiziqishmoqda

BERLIN, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Germaniya Tashqi savdo va investitsiyalar agentligi  («Germany Trade & Invest»/GTAI) veb-sahifasida O‘zbekistonda respublikaning investitsion jozibadorligini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«Resurslarga boy mamlakat mis va boshqa rangli metallarni qazib olish va eritishni kengaytirib, uni xorijiy sheriklar uchun juda jozibador qilmoqda. Xususan, mamlakatda xorijiy uskunalar va nou-xau yetkazib beruvchilar uchun biznes yuritishning ulkan imkoniyatlari mavjud. Rangli metallurgiya O‘zbekiston hukumati sanoat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxatida muhim o‘rin tutadi. Rangli metallarni qazib olish va eritish faqat Toshkent viloyatida joylashgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida jamlanganiga qaramasdan, kompaniyaning ko‘pmilliard dollarlik investitsiya dasturi ahamiyatga molik”, deb yozadi maqola muallifi Uve Shtrobax.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yil boshida zavodning loyiha portfeli 5,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Hukumatning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi doirasida bu vaqtga kelib loyihalarga qariyb 1,3 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirilgan edi.

Investitsiyalarning asosiy qismi yangi “Yoshlik” konida mis-molibden rudalarini qazib olish va boyitishga mo‘ljallangan. Kombinat ushbu konni o‘zlashtirishning ikkinchi bosqichiga ham hozirlik ko‘rmoqda. Joriy rejalarga ko‘ra, qayta ishlash zavodining quvvati 50 million tonna mis-molibden rudasini tashkil etadi. Loyihaga muvofiq, mis katodining yillik ishlab chiqarish hajmi 2028 yildan boshlab 400 ming tonnagacha ko‘paytiriladi.

Taʼkidlanishicha, mis klasterini yaratish xorijiy kompaniyalar biznes yuritishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Ushbu loyihani amalga oshirish orqali O‘zbekiston hukumati mis sanoatida samarali qiymat zanjirini taʼminlashni ko‘zlamoqda. Kutilganidek, rudani qayta ishlash quvvatini oshirish bilan birga ushbu tashabbus zavodga mis mahsulotlarini ko‘proq sotish imkonini beradi. O‘rta muddatli istiqbolda yillik daromad 8 milliard AQSH dollari va undan ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020 yilda 2,5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan, deb yozadi GTAI sayti. 

Mavzuga oid

O‘zbekistonning inson huquqlari himoyasi...

Ukrainaning “Ukrinform” Milliy axborot agentligi veb-sahifasida O‘zbekistonning inson huqu...

Pokiston OAV mamlakatda ro‘y bergan tabi...

“Diplomatic News Agengy - DNA” axborot agentligi, “Islamabad Post” gazetasi (bosma va ele...

O‘zbekistonning ECOSOC maxsus komissiyas...

Xitoyning yetakchi “Sinxua” axborot agentligi kecha O‘zbekiston ECOSOCning Rivojlanish maq...

So`nggi yangiliklar