Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Germaniya, Shvetsiya, Shveysariya va Chexiyadagi vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol qatnashishga daʼvat etilmoqda


BERLIN, 26 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rish jarayonida mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan ushbu davlat hududida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz bilan yaqin aloqa o‘rnatilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi va Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi binolarida saylov uchastkalari tashkil qilindi. Saylov jarayonini yuqori saviyada amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Diplomatiya missiyasi konsullik bo‘limi maʼlumotiga ko‘ra, konsullik ro‘yxatida 4,5 mingga yaqin mamlakatimiz fuqarosi qayd etilgan. Ularning aksariyati Germaniya hududida istiqomat qiladi.

Shu bilan birga, konsullik okrugiga qarashli Shvetsiya, Chexiya va Shveysariyada tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz ham ushbu saylovda qatnashishga qiziqish bildirmoqda.

Elchixona tomonidan xorijdagi fuqarolarimiz bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar chog‘ida ular saylov jarayonida faol ishtirok etishga daʼvat etilmoqda.

O‘zbekistonning Germaniyadagi diplomatiya va konsullik muassasalarining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, mamlakat ommaviy axborot vositalarida Prezident saylovi haqidagi axborot va maʼlumotlar atroflicha yoritilmoqda.

Mavzuga oid

Xorijiy davlatlarda tuzilgan O‘zbekiston...

Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan joriy yil 25 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbe...

Qozon shahrida O‘zbekiston Prezidenti sa...

Mamlakatimiz Bosh konsulxona tomonidan Qozonda yashayotgan va ushbu shahardagi oliy ta’lim...

Xitoydagi vatandoshlar O‘zbekiston saylo...

Joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi munosabati bilan...

So`nggi yangiliklar