Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Germaniyadagi vatandoshlar: Asosiy qonunga kiritilayotgan yangi normalar Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadi

 FRANKFURT-MAYN, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Germaniyada ishlayotgan va tahsil olayotgan yosh vatandoshlarimiz  “Dunyo” AA uchun intervyusida umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Dilshod Umirov, «Reisebank AG» banki xodimi va  O‘zbekistonlik yoshlar klubi rahbari:

-Hozirgi kunda O‘zbekistonda eng dolzarb mavzulardan biri - bu Konstitutsiyaviy islohotlar, desam noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Germaniyadagi ko‘plab vatandoshlar bu o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayapmiz.

Xususan, davlatimiz rahbarining davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida maʼnaviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratishi bo‘yicha taklifini to‘lab qo‘llab-quvatlayman.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, chet elda tahsil olayotgan yoki mehnat qilayotgan tengdoshlarim ushbu islohotlarga xayrixohlik bildirmoqda. Bunday yondashuv yoshlarning O‘zbekistonning istiqboldagi taraqqiyotiga befarq emasligidan darak beradi.

Asosiy qonunga kiritilayotgan yangi normalar Vatanimiz rivojiga munosib hissa  qo‘shishiga aminman.

Amirxon Anorqulov, Germaniyada “Erasmus” dasturi asosida tahsil  olayotgan vatandosh:

-Mamlakatimizda Bosh qomusimizga yangiliklar kiritilmoqda. Ushbu qo‘shimchalar,  birinchi navbatda,  O‘zbekiston aholisi farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yangi Konstitutsiya loyihasida «Inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun» degan oliyjanob  g‘oya ilgari surilyapti. Yangilanayotgan Bosh qomusimizda ushbu tamoyillarning aniq ifoda etilishi zarur.

Prezidentimizning taklif etayotgan «O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» degan tamoyilni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlayman. Bu yerda «inson qadri» tushunchasi «ijtimoiy davlat» tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ishsizlikdan ximoyalanish, kafolatlangan sifatli taʼlim, malakali tibbiy yordam, barcha shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bu ijtimoiy davlatning asosiy vazifasidir, degan yondashuvni ham maʼqullayman.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohatlar aynan biz yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Xususan, men O‘zbekiston yoshlari vakili ekanligimdan faxrlanaman va kelajakda Vatanimiz rivojiga o‘z hissamni qo‘shish istagidaman.

Mavzuga oid

Turkiyadan munosabat: Konstitutsiyaga o...

«Turkpermit Organizasyon Danismanlik A.Ş.» kompaniyasining Istanbuldagi filiali rahbari Yu...

Rossiyadan munosabat: Konstitutsiyaga o‘...

Anatoliy Kovler va Aleksandr Postnikov, Rossiyalik ekspertlar

Indoneziyadagi vatandosh: Konstitutsiyav...

Indoneziyadagi vatandoshimiz, “PT Panda Coco Charcoal” kompaniyasi direktori Avazbek Ishb...

So`nggi yangiliklar