Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Dolzarb

Germaniyadan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga tashrifi mamlakat rahbariyatining islohotlarga yo‘naltirilgan va ochiq iqtisodiy siyosatini yana bir bor tasdiqladi

BERLIN, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner O‘zbekiston Prezidentining 3-4 oktyabr kunlari Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifining muhim jihatlarini izohladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi O‘zbekiston rahbariyatining islohotlarga yo‘naltirilgan va ochiq iqtisodiy siyosatini yana bir bor tasdiqladi.

Yevropa davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka tayyorlik O‘zbekiston uchun yangi bozorlarni ochib beradi va shu bilan birga, iqtisodiy aloqalarni qo‘shni hududlardan tashqarida diversifikatsiya qilishni taʼminlaydi. Ayniqsa, geosiyosiy nuqtai nazardan murakkab davrda islohotlar yo‘nalishiga qatʼiy amal qilish va jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.

Vengriya rivojlangan iqtisodiyot va ko‘plab sohalarda ilg‘or texnologiyalarga ega. Binobarin, O‘zbekiston uchun u sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish yo‘lidagi izlanishlarda yaxshi sherik bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda aytish kerakki,  boy resurs bazasiga ega O‘zbekiston Vengriya uchun katta qiziqish uyg‘otayotgani aniq. Yaʼni ikkala tomon ham sheriklikdan manfaatdor. O‘ylaymanki, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik samarali bo‘ladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘y...

Adish Agarvala, Xalqaro yuristlar kengashi prezidenti (Hindiston):

Hurmatli "Dunyo" AA Telegram-kanalining ...

Sizning ko‘plab so‘rovlaringizga binoan, 2-iyundan boshlab “Dunyo” axborot agentligining a...

Samarqand forumi yoshlarni mavqeini yana...

Ufuq.de yoshlarning siyosiy ma’rifatini yaxshilash bo‘yicha nodavlat notijorat tashkiloti ...

So`nggi yangiliklar