Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   Dolzarb

Germaniyadan munosabat: Toshkent – Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik


BЕRLIN, 28 iyul. «Dunyo» AA/. Germaniyaning «SNAnews» radiostansiyasi veb-saytida «Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya: O‘zbekiston sahna ortidan G‘arbdan ko‘ra faolroq harakat qilmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Maqola “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi - Potsdamdagi «WeltTrends»  institutining katta ilmiy xodimi, «WeltTrends» tashqi siyosat jurnalining muharriri Xubert Tilikedan olingan intervyu asosida tayyorlangan.
  Materialda  Toshkent – Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik ekani alohida ta’kidlangan. «Bu so‘zning  ma’nosi juda keng va turli sohalarga aloqadordir. Birinchidan, bular transport, savdo, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiy masalalar. Ikkinchidan, gumanitar va madaniy masalalar. Uchinchidan, terrorizmga qarshi kurash va Afg‘oniston muammosini hal etish kabi xavfsizlik masalalariga taalluqlidir», - deb yozadi nemis siyosiy tadqiqotchisi.
«Konferensiyada O‘zbekiston tomoni ilgari surgan muhim tashabbuslar nafaqat Afg‘oniston muammolarini, balki imkoniyatlarni ham namoyon etadi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan». Xubert Tilike fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning yondashuvi G‘arb davlatlarining, asosan, harbiy yondashuvidan farq qiladi. «Afg‘onistonda qariyb 20 yil davomida o‘z qo‘shinlarini saqlab kelgan G‘arb davlatlari endi ularni olib chiqishga majbur», - deya ta’kidlaydi muharrir.
Maqolada O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyasi ushbu konferensiyaning BMT va xalqaro huquq tamoyillari asosida o‘tkazilganini tasdiqlashi qayd etilgan. «Unda mintaqa aholisi farovonligini oshirish maqsadlariga, davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga alohida urg‘u berilgan. Afg‘oniston muammolarini hal etish uchun madaniy, ilmiy va transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Covid-19ga qarshi kurashni yanada kuchaytirish zarur»,  - deb yozadi muallif.

Mavzuga oid

Piter Burian: Markaziy Osiyo murakkab va...

Piter Burian: Markaziy Osiyo murakkab vaziyatda hamjihatlik namoyish etmoqda.

O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatiya ...

Pandemiya sharoitida mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi diplomatik vakolatxonalari...

Niderlandiyadan munosabat: O‘zbekiston y...

Roland Monash, “Aflotun Interneshnl” xalqaro nodavlat tashkiloti bosh ijrochi direktori (N...

So`nggi yangiliklar