Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Dolzarb

Germaniyalik olim: O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda ishonchli, muhim va uzoq muddatli hamkorlik namunasi sifatida xalqaro maydonda haqli ravishda eʼtirof etilmoqda

BERLIN, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Gyote nomidagi Frankfurt universitetining Islom dini va madaniyatini o‘rganish instituti direktori, professor Umar O‘zsoy O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlarini “Dunyo” axborot agentligiga quyidagicha sharhladi:


– O‘zbekiston hududida tug‘ilib, ijod qilgan, dunyo taraqqiyotiga, ilm-fan rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan ulug‘ allomalar, buyuk mutafakkirlar  haqida yetarli maʼlumotga ega bo‘lsam-da, betakror mamlakatingizga ilk bor 2017 yil avgustdasafar qilib, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo renessansi dunyo taraqqiyoti tarixida» mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanda o‘z maʼruzam bilan ishtirok etish sharafiga muassar bo‘lgan edim.

Ushbu tashrif maboynida O‘zbekistonni yangidan kashf etdim, Islom madaniyatining haqiqiy zabardast olimlari, buyuk muhaddislar, tafsir, fiqh va kalom ilmi olimlarini yetishtirgan bu diyor meni o‘ziga butunlay maftun qilib qo‘ydi. Mutaxassis, olim sifatida hayot va ilmiy merosini o‘rganganim - Imom al-Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Lays Samarqandiy, Hakim at-Termiziy, Bahovuddin Naqshbandiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy singari o‘nlab islom olamining buyuk olim, mutafakkir va mutasavviflari qadamjolarini ziyorat qilish va xalqaro ilmiy markazlarga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Ular qoldirgan tengsiz maʼnaviy meros va ziyoratgohlarni asrab-avaylash, obod qilish va kelajak avlodga yetkazish yo‘lida O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida amalga oshirilayotgan ulkan ijobiy ishlarning bevosita guvohi bo‘ldim.

 Yangi tashkil qilingan Islom sivilizatsiyasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom xalqaro universiteti,  Islom bilim yurtlari istisnosiz mamlakatingiz rahbariyati va salohiyatli xalqingizning ushbu buyuk meros ahamiyatini teran anglab yetgani holda ulug‘ ajdodlarining avlodlari sifatida barcha sohalarda bunyodkorlik ishlari bilan yurtni obod qilib, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatayotganidan yorqin dalolat beradi.

Yana ikki narsaga narsaga eʼtiborni qaratmoqchiman. Birinchidan, tashrif davomida Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga taklif etildik. Men Samarqandni ilm-maʼrifat o‘chog‘i, deb bilar edim, festivalda 30dan ortiq davlatdan kelgan sanʼatkorlarning ishtiroki, turli millat xalqlari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa sanʼati anʼanalarini asrash, xalqaro miqyosda madaniy muloqotni rivojlantirish borasidagi ezgu maqsad-muddaolari yo‘lida har ikki yilda Samarqandda yig‘ilishi shaharning dunyo xalqlari madaniyat markazlaridan biriga aylanganiga ham amin bo‘ldim.

Ikkinchidan, Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Mustaqilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida qatnashish nasib etdi. Betakror bayram shukuhi bilan o‘tgan tantanada mamlakatingizda yuz bergan tub o‘zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda erishilgan ulkan yutuqlar, xalqaro hamjamiyatda tutgan nufuz, tinchlikparvar siyosat bilan tanishib, xalqingizni shunday bir muqaddas zaminda baxtiyor yashayotganini guvohi bo‘ldim.

Germaniyaga qaytganimdan so‘ng safar taassurotlarini turli shaharlarlardagi xamkasblarimga yetkazdim. O‘tgan davr maboynida  ular ham bir necha bor talabalar bilan O‘zbekistonda bo‘lishdi. Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, bizning, yaʼni chet eldagi islomshunoslik markazlari va olimlarining O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom xalqaro universiteti  mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorligimiz boy islom madaniyati va tarixini rivojlantirishga, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk islomshunos olimlar hayoti va ijodini birgalikda o‘rganib, tadqiq etishimiz ularning qoldirgan bebaho merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish va abadiylashtirish ishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishiga aminman.

Mamlakatingizda turli jabhalarda olib borilayotgan islohotlar va tub o‘zgarishlarni muntazam kuzatib boraman. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan tashrifi haqida OAV orqali xabar topdim.

Bugungi kunda O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar ishonchli, muhim va uzoq muddatli hamkorlik namunasi sifatida xalqaro maydonda haqli ravishda eʼtirof etilmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda bir-birini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Saudiya Arabistoni Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud to‘g‘risidagi rezolyutsiyani, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash bo‘yicha rezolyutsiyasi qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi. 2019 yilda Podshohlik BMTning “Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi hammuallifi bo‘ldi, 2020 yilda O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari kengashiga saylanishi uchun ovoz berdi, shuningdek, mamlakatning boshqa muhim tashabbuslarining ilgari surilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Xususan meni shaxsan quvontirgan xabar - 2021 yilda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Podshoh Faysal nomidagi Islom tadqiqotlari markazi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolangani bo‘ldi. Ishonchim komilki, ayni paytda ushbu hujjat ikki markaz o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro aloqalar, qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishga muhim asos bo‘lmoqda.

O‘ylaymanki, mazkur tashrif chog‘ida imzolangan sarmoyaviy loyihalar, iqtisodiy bitimlar va boshqa kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning yana-da mustahkamlanishiga, hamkorlik munosabatini yana-da yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qilajak.

Mavzuga oid

Xitoydan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi ...

Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, bugun ma...

Bilimli bolalar - millat baxti

Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Prezident maktabini borib ko‘rdi.

Afg‘onistonlik talaba: Biz kelajakda do‘...

Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» mavzusidagi x...

So`nggi yangiliklar