Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/May/2020   COVID-19

Germaniyaning “JD East” kompaniyasi Xazoraspda 100 ta oilaga moddiy yordam ko‘rsatdi


TOSHKENT, 2-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda COVID-19 pandimiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish, yordamga muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonda davlat va jamoat tashkilotlari, tadbirkorlar bilan bir qatorda xorijiy korxona va ishbilarmonlar ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, mazkur tashabbuslar doirasida 1-may kuni Germaniyaning “JD East ” kompaniyasi homiyligida Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida hayriya aksiyasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aksiyada Hazorasp tumanining Karvak qishlog‘ida “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida moddiy ahvoli o‘rganilib, ro‘yxati shakllantirilgan 100 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Har bir oilaga 4 million so‘mdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishda Tashqi ishlar vazirligining Xorazm viloyatidagi bo‘linmasi, Xazorasp tumani hokimligi vakillari yaqindan yordam berdi.

Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi Germaniyada yashab, faoliyat olib borayotgan sahovatpesha vatandoshlarimiz hamda hamkor tashkilotlarni jalb qilgan holda mamlakatmizda karantin davrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan homiylik aksiyalarini tashkil etish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

Maʼlumot uchun,  “JD East ” kompaniyasiga  2015-yil Germaniyaning Bavariya federal o‘lkasida asos solingan. Kompaniya Germaniya va xorijlik talabalarni nemis dehqon ho‘jaliklari va mehmonxonalarida amaliyot o‘tab, tajriba almashishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirib keladi. Shu kunga qadar  kompaniya tomonidan 500 dan ortiq chet elliklar uchun maxsus dasturlar asosida seminar-treninglar tashkil etgan.

Ushbu dasturlarda, shuningdek, 215 nafar o‘zbekistonlik talaba ham qatnashgan.

Mavzuga oid

IIV: 14 ming 968 holatda karantin qoidal...

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan 31 mart soat 09:00 holatiga qadar mamlakatimiz ...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan...

O‘zbekistonda 8 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganla...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bi...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 10 taga ortdi.

So`nggi yangiliklar