Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Iyul/2020   Iqtisodiyot

Germaniyaning tajribali to‘qimachilik kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirmoqda


BERLIN, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Berlindagi elchixonasi ko‘magida juma kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “KhantexGroup” masʼuliyati cheklangan jamiyat  vakillarining «Bimeco Garnhandel Gmbh&Co.KG» nemis kompaniyasining boshqaruvi aʼzosi va ijrochi direktori Shtefan Overbek bilan videokonferensiya tarzida muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida Shtefan Overbek o‘zbek paxtasidan tayyorlangan kalava iplar yuqori sifatli bo‘lgani uchun Yevropa bozorida ushbu xom-ashyoga talab kattaligini va u boshchilik qilayotgan kompaniya mazkur mahsulotni Germaniya bozoriga yetkazib berishni ko‘paytirish niyatida ekanini qayd etdi. Shunday qilib, Bimeco vakili bugungi kunda “Ne 30/1” trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 100 foiz paxtadan tayyorlangan, yigirilgan kalava ipga talab yuqori ekanini, holbuki, bunday mahsulotlar tegishli tarzda qadoqlanib, xalqaro REX tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, uning kompaniyasi o‘zbekistonlik mahsulot yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatishdan manfaatdorligini va ularga Oekotex standarti sertifikatini olishga ko‘maklashishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Germaniyalik ishbilarmon, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati va O‘zbekistonda  bio-paxta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi maʼlumotlarga katta qiziqish bildirdi. Xususan, birgina 2019 yilda  mamlakatimizning 118 tumanida 701 ming gektar maydonda 75 ta paxta klasterlari tashkil etilib, 2 065 300 tonna, yaʼni yalpi paxta hosilining 70 foizdan ko‘prog‘i ushbu klasterlar tomonidan yig‘ib olindi.

Videokonferensiya yakunida tomonlar o‘zbek paxtasidan yigirilgan kalava ipni Germaniyaga eksport qilishda hamkorlikni davom ettirishga va eksport ko‘lamini oshirish maqsadida o‘zaro maʼlumot almashinuvini jadallashtirishga kelishib oldilar.

Bimeco Garnhandel Gmbh & Co.KG o‘ttiz yildan ziyod tarixga ega bo‘lib, Yevropa bozorida yuqori sifatli trikotaj sanoati kalava iplarini yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi.

Ushbu nemis kompaniyasi O‘zbekiston bilan 2002 yildan buyon davom etib kelayotgan ko‘p yillik samarali hamkorlik aloqalariga ega. Ayni paytda mazkur korxona o‘zbek to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining Germaniyadagi eng yirik importyorlaridan biriga aylangan.

Mavzuga oid

Buxoroda to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga c...

Buxoro viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga chiqariladigan oltingugurtsiz tabiiy gaz z...

Yevropa Ittifoqiga mahsulot yetkazib ber...

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yevropa Ittifoqi mamlak...

O‘zbekistonda Eksport-kredit agentligi ...

Mamlakatimiz Prezidentining «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishn...

So`nggi yangiliklar