Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Sentabr/2021   Jamiyat

“Gretsiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


TOSHKENT, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “Gretsiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi D.Bakolus bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Qo‘mita raisi Rustam Qurbonov qo‘mitaning maqsad va vazifalari hamda faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston dunyoning turli davlatlari bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni yana-da mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borayotganligi, bu jarayonda xalq diplomatiyasidan ham unumli foydalanilayotganligi, mamlakatimizda barcha millat vakillari uchun o‘z madaniyati, urf-odatini asrab-avaylash, milliy qadriyatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratilganligi, bugungi kunda O‘zbekistonda 150 ta milliy-madaniy markaz va 38 ta do‘stlik jamiyati faoliyat olib borayotganligi aytib o‘tildi.

O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarga davlat tomonidan katta eʼtibor berilib, 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni deb eʼlon qilinganligi va ushbu sanaga bag‘ishlab respublika bo‘ylab  bayram tadbirlari o‘tkazilganligi maʼlum qilindi.

Tomonlar ikki mamlakatning do‘stlik aloqalarida “Gretsiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatining ham munosib o‘rni borligini qayd etdi. O‘zbekistonda istiqomat qilib kelayotgan grek diasporasi faoliyati va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof etildi.

“Gretsiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi D.Bakolus samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanayotgan, ulkan iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatga ega hamkor davlat sifatida ko‘rishini, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi millatlararo munosabatlar va xalq diplomatiyasiga asoslangan aloqalar muhim ahamiyatga egaligini qayd etdi.

Tadbirda “Gretsiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi D.Bakolusga qo‘mita raisi tomonidan «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni topshirildi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida O‘zbe...

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning Janubiy Koreyaga tashrifi davomid...

Kasaba uyushmalari federatsiyasi yangi...

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda eng jadal rivojlanayotgan davlat - O‘zbekiston haqida ga...

O‘zbekiston – Tojikiston strategik sheri...

Mamlakatimiz delegatsiyasi “O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlarining do‘stlik, yaxshi qo‘s...

So`nggi yangiliklar