Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Aprel/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Gujarat shtatida O‘zbekistonning investitsion va eksport salohiyati taqdim etildi


DEHLI, 9-aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov Gujarat shtati Savdo va sanoat palatasida bo‘lib, tashkilot prezidenti Natubxay Patel va palata a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Gujarat savdo va sanoat palatasi Hindistondagi yirik tuzilmalardan biri bo‘lib, 70 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda uning a’zolari soni deyarli 200 ming nafarni tashkil etadi.

“Davra suhbati” shaklida tashkil etilgan uchrashuvda gujaratlik tadbirkorlarga O‘zbekistonning investitsion va eksport salohiyati, turizm sohasi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Farmatsevtika, terini qayta ishlash, to‘qimachilik, sog‘liqni saqlash va boshqa qator yo‘nalishlar bo‘yicha aniq loyihaviy takliflar palata a’zolariga e’tiboriga taqdim etildi.

Hindistonning Gujarat shtati va O‘zbekiston hududlaridagi ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish maqsadida mazkur palata rahbari O‘zbekiston savdo va sanoat palatasi bilan tegishli hamkorlik memorandumini imzolash taklif qilindi.

Mavzuga oid

Hindiston bilan oliy ta’lim va tibbiyot ...

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan turli sohalar, xususan ta’lim va sog‘liqn...

O‘zbekiston va Yaponiya energetika sohas...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida «Kawasaki Heavy Industries Ltd» korporatsiyasi...

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi I...

O‘zbekiston Respublikasining Madrid shahridagi elchixonasi tomonidan Ispaniya va Portugali...

So`nggi yangiliklar