Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

«Hindiston-Markaziy Osiyo» ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


TOSHKENT, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Hindiston savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (FICCI) hamkorligida «Hindiston-Markaziy Osiyo» ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, FICCI prezidenti Sangetta Reddiy, ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etdi.

A.Ikromov so‘nggi yillarda Hindiston-Markaziy Osiyo ishbilarmonlar kengashiga aʼzo mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashganini taʼkidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tomonidan tashkil etilgan milliy tadbirkorlik palatalari va ishbilarmonlar kengashlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

S.Reddiy FICCI tomonidan ishbilarmon doiralarning manfaatlarini himoya qilish, chet el ishbilarmon doiralari, xalqaro biznes tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi.

Tomonlar,aʼzo davlatlar o‘rtasida savdo-sotiqni rivojlantirish yo‘lidagi turli to‘siqlarni kamaytirish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligini taʼkidladi.

Onlayn-uchrashuvda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Ishbilarmonlar kengashi doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi. Jumladan, mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi...

Ushbu «Yo‘l xaritasi»da eksportchilar uchun zarur barcha ma’lumotlar batafsil keltirilgan...

Daniyalik vatandosh O‘zbekistonda meva v...

Muzokaralar yakunida karantin tartiblari yumshatilgach, vatandosh va xorijlik hamkorlarnin...

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning 8 ust...

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning 8 ustuvor yo‘nalishi Bryussel press-klubida muhokama qi...

So`nggi yangiliklar