Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Yanvar/2021   Ilm-fan

Hindiston Elchisi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutiga bordi


TOSHKENT, 9-yanvar. /“Dunyo” AA/. Hindistonning elchisi  Manish Prabhat O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutiga bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri institut maʼlumotiga asoslanib.

Tarix instituti direktori Azamat Ziyo elchi Manish Prabhat bilan institut va Hindistonning ilmiy muassasalari, kutubxonalari, arxivlari, til o‘qitish dasturlari, mutaxassislar almashinuvi kabi masalalarni muhokama qildi.

Suhbatda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan video-anjumanda boshqa sohalar qatorida ilm-fan, taʼlim, madaniyat yo‘nalishlarida ham ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga urg‘u berilgani eʼtirof etildi.

Institut rahbari, faoliyatga oid o‘zgarishlar, o‘zbek va hind xalqlari tarixi hamda madaniyatining mushtarak jihatlari haqida so‘zlab, O‘zbekiston tarixi aks etgan xorijiy manbalarni tadqiq etish, xitoy, hind, urdu, arab, fors, yunon, lotin tillarini biladigan mutaxassislar tayyorlash bugungi kunda institut va tarix fani oldida turgan ustuvor vazifalardan biri ekanini, taʼkidladi.

Bundan tashqari, Tarix instituti va hind olimlari bilan birgalikda qo‘shma loyihalar doirasida arxeologik safarlar tashkil qilish ikki mamlakat va xalqlar tarixini bog‘lovchi yangi moddiy va maʼnaviy ashyolarni qo‘lga kiritishda muhim asos bo‘lishi, sayyohlikni rivojlantirishga urg‘u berdi. Shuningdek, Hindistonning turli jamg‘armalarida saqlanayotgan qo‘lyozma manbalarni o‘rganish o‘zbek tarixchilari uchun katta ahamiyat kasb etishiga eʼtibor qaratildi.

Elchi Manish Prabhat O‘zbekiston va Hindiston madaniy, tarixiy aloqalarining juda boy ekanini, so‘nggi yillarda mamlakatlararo aloqalar yana-da kuchayayotganini taʼkidlab o‘tdi.

Ayniqsa, Termizga borganida Fayoztepa va Qoratepa yodgorliklari uni hayratlantirgani, ikki mamlakatning o‘xshash jihatlarini ochib beruvchi keng tarixiy tadqiqotlar olib borish muhimligi va elchixona amaliy ishlarga tayyorligini bildirdi.

So‘nggi o‘ttiz yil ichida 2400 o‘zbekistonlik Hindistonda malaka oshirganini ochiqlar ekan, Manish Prabhat hozirda hind o‘lkasida ilm-fan, taʼlim yo‘nalishlarida mavjud imkonlar, xususan, bakalavriat, magistratura, doktorantura yo‘nalishlarida bilim olish, malaka oshirish bo‘yicha davlat dasturlari haqida to‘liq maʼlumot berdi.

Mavzuga oid

Qoraqalpog‘iston oliy o‘quv yurtlari va ...

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Toshkent axborot texnologiyalari univ...

Jizzaxda masofaviy ta’lim sifati o‘rgani...

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i...

O‘zbekistonda sunʼiy intellekt texnologi...

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining Sunʼiy intellekt texn...

So`nggi yangiliklar