Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

Hindistonning ixtisoslashgan jurnalida o‘zbek-hind biznes-sessiyasi haqida maqola chop etildi

 DEHLI, 29-may. /“Dunyo” AA/. Hindistonning PHDCCI savdo-sanoat palatasi ixtisoslashgan jurnalining may oyi sonida Andijon viloyati delegatsiyasi va mazkur palata aʼzolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan biznes-sessiya haqida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda ikki mamlakat vakillari o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilgani taʼkidlangan.

«PHDCCI bosh direktori Saurabh Sanyal Hindiston tadbirkorlari delegatsiyasining O‘zbekistonga mazkur Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan safari yakunlarini yuqori baholadi. U ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi muntazam va samarali muloqot samarasida savdo-iqtisodiy sohada ijobiy natijalarga erishilayotgani, o‘zaro hamkorlik uchun mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini taʼkidladi», deyiladi maqolada.

Nashr, shuningdek, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Azizxon Mahsumov viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, turizm salohiyati, shuningdek, ikki davlat biznes sohasi vakillarining o‘zaro manfaatli hamkorligini yana-da mustahkamlash imkoniyatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tganiga eʼtibor qaratgan.

«Interfaol biznes-sessiyada sanoat, hunarmandchilik, turizm, tibbiyot kabi yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. «Aakash Healthcare» ixtisoslashtirilgan shifoxonalar tarmog‘i bosh direktori Amutiya Tripati o‘zining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga sarmoya kiritish va hamkorlik qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi haqida so‘zlab berdi», deb qayd etgan muallif.

Maqolada oliy taʼlim tarmog‘i ikki tomonlama munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishiga aylanib borayotgani urg‘ulangan. Xususan, bugungi kunda Andijon viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarida 300 nafardan ortiq hindistonlik talaba tahsil olmoqda. Shu bois Andijon davlat chet tillar institutining taqdimoti tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

«Biznes-sessiya tugagach Hindiston va O‘zbekiston vakillari o‘rtasida “V2V” shaklidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi», deb yozadi  hind  jurnali.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati delegatsiyasining yaqinda Hindistonga amaliy safari doirasida hindistonlik hamkorlar bilan turizm, raqamli targ‘ibot, tibbiyot taʼlimi turizmi, oliy taʼlim sohalariga oid 10 dan ortiq hamkorlik memorandumi imzolandi.

1905 yilda tashkil etilgan PHDCCI Savdo-sanoat palatasi Hindiston sanoati, savdo va tadbirkorligini rivojlantirishda alohida mavqega ega. Ushbu tuzilmaga 150 mingdan ortiq yirik, o‘rta va kichik korxonalar aʼzo bo‘lgan.

Mavzuga oid

Indoneziyadan munosabat: Al-Xorazmiyning...

Indoneziyaning «Kompas» axborot saytida buyuk matematik, astronom va geograf Al-Xorazmiy h...

AQSHdan munosabat: Inson huquq va erkinl...

«The Bukharian Times» haftalik gazetasida O‘zbekiston Prezidentining BMT Inson huquqlari b...

Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi M...

Kuni kecha Afg‘onistonda ingliz tilida nashr etiladigan «The Kabul Times» gazetasida «O‘zb...

So`nggi yangiliklar