Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   Media

Hindiston ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston tashqi siyosatiga e’tibor qaratmoqda


DЕHLI,  29 iyul. /«Dunyo» AA/. Hindistonning «New Delhi Times» gazetasi va uning onlayn portalida Yevroparlament a’zosi Richard Charnetskining «O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni ta’minlashda yetakchi rol o‘ynamoqda» sarlavhali maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
 Maqolada Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentligiga saylangandan buyon mamlakat tashqi ochiqligini ilgari surish, mintaqaviy va ko‘p tomonlama o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga qaratilgan siyosat natijalari haqidagi atroflicha ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. 
Muallifga ko‘ra, 2017 yili O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. O‘zbekistonning tashqi siyosati Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishida qayd etilgan. Strategiyaga muvofiq, «O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish» maqsad qilingan. Bundagi asosiy mazmun-mohiyat Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan faol mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishdan iboratdir.
«O‘zbekiston Janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh. Respublika Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mintaqaviy infratuzilma loyihalari, shu jumladan, temir yo‘l va elektr tarmoqlarini ishga tushirishda faol ishtirok etmoqda, - deb yozadi muallif. - Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishining Markaziy Osiyodagi qat’iy tarafdorlaridan biridir. O‘zbekistonning bu boradigi muhim roli xalqaro hamjamiyat tomonidan tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. 2021 yil 16 iyul kuni O‘zbekiston, AQSH, Pokiston va Afg‘oniston bilan birgalikda mintaqaviy bog‘liqlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi, to‘rt tomonlama diplomatik platformani tashkil etishga kelishib oldi».    
 Yevroparlament a’zosi, shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va afg‘on tinchlik jarayonini samarali amalga oshirilishini, shuningdek, infratuzilma va insonparvarlik sohalarida nizolardan keyin muvaffaqiyatli qayta tiklanishni ta’minlashda faol va ijobiy rol o‘ynayotganini aytib o‘tgan.  «2021 yil may oyida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi kelgusi yillarda o‘zaro tovar aylanmasini 2,5 barobar oshirish uchun yil oxiriga qadar O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim imzolashini ma’lum qilgan edi. Vazirlikning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kelishuvning amalga oshirilishi O‘zbekiston va Afg‘onistonga ikki mamlakat o‘rtasidagi yillik tovar aylanmasini hozirgi 800 million AQSH dollaridan 2 milliard AQSH dollarigacha ko‘paytirishni nazarda tutadi», - deya ta’kidlaydi Richard Charnetski.
Maqolada O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorligi masalasiga alohida o‘rin ajratilgan. «O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muhim rol o‘ynaydi va qo‘shni davlatlar bilan faol hamkorlikni kengaytirib bormoqda. 2017-2020 yillar oralig‘ida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning Qozog‘iston hamda Tojikiston davlatlari o‘rtasida 300 dan ortiq bitimlar va qiymati 75 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan shartnomalar imzolangan. Bu boradagi eng yirik tashabbuslardan biri 2021 yil yanvar oyida O‘zbekiston, AQSH va Qozog‘iston o‘rtasidagi «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» tashabbusining yo‘lga qo‘yilishi bo‘ldi», - deb yozadi «New Delhi Times» gazetasi.

Mavzuga oid

Turkiya matbuoti: O‘zbekiston katta bun...

Turkiyadagi yetakchi - «Turkiye» va «Yeni dönem» gazetalarida «Yangi O‘zbekiston» («Yeni Ö...

Yevropadan nigoh: OAV faoliyati va so‘z ...

Belgiyaning yetakchi «Brussels Times» gazetasi sahifasida OAV rivojlanishi va ularning erk...

AQSH Global media agentligi tomonidan ta...

Poytaxtimizda to‘rt kun davom etgan «Korrupsiya va faktlarni tekshirish» mavzusidagi xalqa...

So`nggi yangiliklar