Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Media

Hindiston ommaviy axborot vositalarida Samarqand shahri Osiyodagi eng sevimli sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritildi


DEHLI, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Hindistondagi yetakchi turizm nashrlaridan biri hisoblanuvchi «Travel+Leisure India & South Asia» jurnalining sentyabr oyi sonida chop etilgan “Osiyo qitʼasidagi eng mashhur 20 ta sayyohlik manzillari” ro‘yxatida Samarqand shahri alohida eʼtirof etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada, xususan, “moviy ranglarga burkangan meʼmoriy obidalarga boy Samarqand shahri dunyodagi eng qadimgi tamaddun markazlaridan biri sifatida mashhur” ekanligi taʼkidlanadi.

Qadimgi Buyuk ipak yo‘lidagi asosiy shaharlardan biri bo‘lgan Samarqand islom meʼmorchiligi obidalarining makoni hisoblanib, ularning aksariyati YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

“Uch muhtasham madrasani o‘zida mujassam etgan Registon maydoniga tashrif buyuring! XVII asrga oid go‘zal Sherdor madrasasida “Shashmaqom” o‘zbek anʼanaviy musiqa kechasidan bahramand bo‘ling!”, - deyiladi maqolada.

Qayd etish lozimki, “Travel+Leisure” xalqaro turizm jurnali bo‘lib, uning dastlabki soni 1937 yilda chop etilgan. Hozirda AQSH, Turkiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlarda ingliz tilida nashr etiladi. Hindistonda chop etiladigan «Travel+Leisure India & South Asia» jurnalining o‘quvchilari soni qariyb 750 mingga yetadi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning yetakchi gazetasi Xa...

Xabar berganimizdek, 22 aprel kuni mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi ko‘magida ...

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ...

O‘mon sultonligida chop etiladigan «Asdaa Oman» gazetasining veb-sahifasida Buxoro shahrid...

O‘zbekiston rahbariyatining kuchli fuqar...

Latviyaning “LETA” axborot agentligi elektron portalida (Leta.lv) «O‘zbekiston Prezidenti ...

So`nggi yangiliklar