Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Hindistondagi vatandosh: Barcha yoshlarni bo‘lajak umumxalq referendumida faol ishtirok etishga chaqiraman!

DEHLI, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Dehli shahrida joylashgan "Jomiya Milliya Islomiya" universiteti tadqiqotchisi, vatandoshimiz Kamola Sotvoldiyeva “Dunyo” AAga bergan intervyusida barcha tengdoshlarini oldinda turgan umumxalq referendumida faol ishtirok etishga chaqirdi:


- Konstitutsiyamizda yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilayotgani Yangi O‘zbekistonda biz, yosh avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan katta eʼtibordan, yoshlar siyosati ustuvor darajaga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Yoshlar huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash, ularga o‘z huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini davlat o‘z zimmasiga olgani bizga hayotda o‘zimizni to‘laqonli namoyon etish, orzu-havaslarimizga erishish, ona Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Men joriy yil 30 aprel kuni referendumda ishtirok etaman va barcha tengdoshlarimni ushbu jarayonda faol qatnashishga daʼvat etaman.

Mavzuga oid

Jiddadagi vatandosh: Yangi Konstitutsiya...

Saudiya Arabistonining «Ummul Quro» universiteti talabasi, vatandoshimiz Umida Qurbonova ...

Qozonda o‘zbekistonlik talabalar bilan u...

Bosh konsul Fariddin Nasriyev Qozon shahridagi Axborot texnologiyalari va intellektual tiz...

Malayziyaning Sayberdjaya shahrida tahsi...

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Malayziyaning Sayberdjaya universitetida tahsil o...

So`nggi yangiliklar