Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Iyul/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

«Human Rights Watch» O‘zbekiston hukumatining muloqot uchun ochiqligini olqishlamoqda

VASHINGTON, 6-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov kecha Amerikaning «Human Rights Watch» inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashkilotining Berlinda joylashgan Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘linmasi direktori Xyu Uilyamson bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Elchixona maʼlumotiga ko‘ra, onlayn-tadbir chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti vakiliga O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartishlarning ahamiyati, ularni umumxalq muhokamasidan o‘tkazishda ochiq jarayonni taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi. Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarning asl sabablari, namoyish tashkilotchilarining ko‘zlagan maqsadlari, ular tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar hamda bundan kelib chiqqan oqibatlar haqida maʼlum qilindi. Hukumat tomonidan hududdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar alohida taʼkidlandi. Shuningdek, hududda favqulodda holat joriy etilishining sabablariga eʼtibor qaratildi.

Xyu Uilyamson O‘zbekiston hukumatining ushbu masala bo‘yicha muloqotga ochiqligi uchun minnatdorlik bildirdi va voqealar tafsilotlari bo‘yicha har tomonlama hamda oshkora surishtiruv o‘tkazish bo‘yicha qatʼiylikni qo‘llab-quvvatladi. «Human Rights Watch»  vakilining taʼkidlashicha, tartibsizliklar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlar O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar jarayoni uchun masʼuliyatli sinov bo‘ladi.

Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti vakili Qoraqalpog‘istonda internetga kirish imkoniyatini to‘la tiklash muhimligini, bu odamlar o‘rtasida aloqani taʼminlash va erkin axborot olishga xizmat qilishini taʼkidladi. Xyu Uilyamsonning fikricha, bu, shuningdek, turli xil mish-mishlarning kelib chiqishi va noxolis axborot tarqalishining ham oldini oladi.

Mavzuga oid

Yaponiyada tahsil olayotgan yurtdoshimiz...

Xabar berganimizdek, Yaponiyada tahsil olayotgan yurtdoshimiz Eldor O‘rinboyev dengizda ch...

Dehli shahrida O‘zbekistondagi buddaviyl...

Indira Gandi nomidagi Hindiston milliy sanʼat markazida hind yozuvchisi Sunita Dvivedinin...

Devid Bisli: BOOD huzurida O‘zbekiston D...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasini...

So`nggi yangiliklar