Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Iqtisodiyot

IHT Savdo–sanoat palatasi veb-sahifasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2021 yilda O‘zbekistonning rivojlanish surʼatlariga oid bashorati haqida yozdi


TEHRON, 17-may. /“Dunyo” AA/.  Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Savdo–sanoat palatasi veb-sahifasida “XVJ: O‘zbekistonning 2021 yildagi iqtisodiy o‘sishi qariyb 5 foizni tashkil etadi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda xabar qilinishicha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2021 yil 25 yanvardan 17 fevralga qadar ekspertlar missiyasining virtual safari yakunlari bo‘yicha bayonotini tarqatgan. Bayonotda yozilishicha, COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz yumshaganidan so‘ng O‘zbekiston barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun tizimli islohotlarni jadallashtirishi lozim bo‘ladi.

Maqolada alohida taʼkidlanishicha, COVID-19 pandemiyasi O‘zbekiston aholisi va iqtisodiyotiga nisbatan qisqa muddat salbiy taʼsirini ko‘rsatdi, bu hukumatga “o‘z vaqtida va qatʼiy” choralar ko‘rishga ko‘maklashdi. XVJ ekspertlarining hisoblashlaricha, bu O‘zbekistonning 2020 yilda iqtisodiyot ijobiy o‘sishini namoyon qilgan kam sonli mamlakatlardan biri bo‘lishiga ko‘maklashdi.

Maqolada XVJ hisob-kitoblaricha, O‘zbekistonda 2021 yil iqtisodiy o‘sish qariyb 5 foizni tashkil etishi bashorat qilingan.  

Materialda, shuningdek, iqtisodiyotning tiklanishi ko‘p jihatdan virusga qarshi emlash jarayoni qamrovlariga hamda O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari rivojlanishiga ham bog‘liq bo‘lishi qayd etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Markaziy Banki xorijiy valyu...

O‘zbekiston Markaziy Banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgilad...

Bojxona ma'muriyatchiligi va transport t...

Jenevada Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalqaro avtomobil tashuvchilar...

Farg‘onada Koreya-O‘zbekiston biznes ass...

Farg‘ona shahrida Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi vakolatxonasini tashkil etish ...

So`nggi yangiliklar