Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2021   Jamiyat

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va «Yoshlar daftari»ga kirgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash vazifalari kuchaytirildi


TOSHKЕNT, 6 oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida«gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri

Mazkur hujjat bilan «Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir vaqtinchalik tartiblar tasdiqlandi. 
 Hujjatga ko‘ra, ushbu yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha - BHMning 4 baravarigacha (1 million 80 ming so‘m) kompensatsiya beriladi. Shuningdek, safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash bo‘yicha va xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi. Bunda mazkur xarajatlarning 50 foizi kompensatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, shuningdek,  «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi ham tasdiqlandi.

Mavzuga oid

“Uzbekistan Airways” Toshkent - Riga - T...

“Uzbekistan Airways” AJ kompaniyasi may oyidan boshlab Toshkent - Riga - Toshkent yo‘nali...

2019-2020 yillarda Samarqandda 246 nafar...

Bu haqda xalq deutatlari Samarqand viloyati Kengashining 9 dekabr kuni o‘tkazilgan sessiya...

Sherzod Shermatov: Vaqtingizni doim o‘zi...

May oyining so‘nggi kunlarida o‘zbekistonlik o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchi-murabbiyl...

So`nggi yangiliklar