Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Madaniyat

“Ilhaq” badiiy filmi “Listapad” xalqaro kinofestivalida Bosh mukofotni qo‘lga kiritdi


 TOSHKENT, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. Belarusda bo‘lib o‘tgan  “Listapad” xalqaro Minsk kinofestivalida O‘zbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Ilhaq” filmi ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

 Kinematografiya agentligi maʼlumotiga ko‘ra, kinorejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Ilhaq” filmi kinofestivalning Bosh sovrini hamda Belarus Prezidentining «Kinoda maʼnaviyat va insonparvarlik g‘oyalari uchun» maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, ushbu kinofestivalda yosh kinorejissyor Muhammadali Iskandarovning «Men terrorchi emasman» filmi ham hayʼat aʼzolarining maxsus mukofotiga munosib ko‘rildi.

“Listapad” xalqaro kinofestivali doirasida Muhammadali Iskandarovning «Osiyo arsloni» (Aziatskiy lev) hamda Akbar Bekturdiyevning “Uzbechka” (O‘zbek qizi) yangi kinoloyihalarini O‘zbekiston kinematografiya agentligi hamda “Belarusfilm” milliy kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Filmlarning bir qismi Belarus hududida suratga olinishi ko‘zda tutilgan.

 “Listapad” xalqaro Minsk kinofestivalida Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlarining sara filmlari ishtirok etadi.

Mavzuga oid

Navoiy turkiy til inson hissiyotlari va ...

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga munosabati bilan Ozar...

Tehronda «O‘zbekiston Ipak yo‘li chorrah...

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Madaniyat instituti fotogalereyasida o‘zbekistonlik r...

Nazar Eshonqulning «Jaloliddin Manguber...

Turkiyaning Yevrosiyo yozuvchilar uyushmasi shafeligida “Bengu” nashriyoti tomonidan yozuv...

So`nggi yangiliklar