Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Fevral/2020   Madaniyat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Buyuk Britaniya va Turkiyadan keltirilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi


TOShKENT, 3 fevral /«Dunyo» AA/. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyuk allomalarimiz merosini o‘rganish, keng targ‘ib etish, nufuzli xalqaro markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, dunyodagi 20 dan ortiq yetakchi islom tadqiqot markazlari va universitetlar bilan hamkorlikka oid memorandumlar imzolandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati ma'lumotiga tayangan holda.

Ana shu xalqaro hamkorlik aloqalarining samarasi o‘laroq, Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” islom merosi fondi dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma asarlarning kataloglari va boshqa manbalardan iborat yuzga yaqin kitoblar to‘plamini Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga hadya qildi. Ular orasida dunyo fondlarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, kataloglar, shuningdek, qo‘lyozmalarni tahqiq va tahrir qilishga oid asarlar, islom ilmiga doir kitoblar mavjud.

Tadbirda Buyuk Britaniyadan keltirilgan kataloglarning nodir qo‘lyozma manbaalarni tadqiq etishdagi ahamiyati, Markaz amalga oshirgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

Markaz Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan ham ilmiy hamkorlikni amalga oshirmoqda. Ikki davlat yosh olimlarining o‘zaro tajriba almashishi, xalqaro ilmiy-amaliy seminarlardagi ishtiroki yo‘lga qo‘yildi. Ana shu hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Turkiyaning Marmara universiteti tomonidan Markazga Imom Moturidiyning 18 jildlik “Ta'vilotul Qur'on” asari taqdim etildi.

Tadbir doirasida mazkur kitoblarning taqdimoti o‘tkazildi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, ayni vaqtda Markaz ilmiy xodimlari tomonidan Imom Moturidiyning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Mavzuga oid

«Xiva – Turkiy dunyo madaniyat poytaxti»...

2020 yilda Xiva shahri «Turk dunyosining madaniiy poytaxti» logotipi tasdiqlandi.

Turkiya bilan hamkorlik ta'lim sohasida ...

Turkiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash maqsadida mamlakatimizning Anqar...

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi ...

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sokning kecha Toshkent shahridagi...

So`nggi yangiliklar