Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Indoneziyadagi vatandoshimiz: Asosiy qonunimizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilning mustahkamlanishi bo‘yicha taklif barchamiz uchun juda muhim

JAKARTA, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvdagi nutqiga Indoneziyada istiqomat qilib, “PT Aksi Visitama” kompaniyasida moliyaviy maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan vatandoshimiz Botirjon Rahimov o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– Avvalo, davlatimiz rahbari tomonidan xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar davrida Asosiy qonunimizni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlarni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashimni taʼkidlamoqchiman.

Amaldagi konstitutsiyamiz qabul qilinganidan beri jamiyatimizning fikrlashi va dunyo qarashi tubdan o‘zgargani, insoniyat ilmiy-texnologik davrga qadam qo‘ygani hamda jahonda keskin transformatsiya jarayonlari va raqobat kuchayib borayotgan bir davrda vatanimiz va farzandlarimiz kelajagi to‘g‘risida hozir qayg‘urishimiz zarurligi biz fuqarolarning eng ustuvor vazifalarimizdan, deb hisoblayman.

Bu borada, Prezidentimizning shaxsiy hayot dahlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi zarurligi to‘g‘risidagi fikri hamda Asosiy qonunimizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni mustahkamlash bo‘yicha taklifini O‘zbekiston fuqarosi sifatida juda muhim, deb bilaman.

Xorijda istiqomat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik sifatida men shuni ayta olamanki, so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan bizga ko‘rsatilayotgan munosabat haqiqatda butunlay o‘zgardi. Xususan, mamlakatimiz siyosiy hayotidagi ushbu katta jarayonda xorijdagi vatandoshlar fikr-mulohazalari inobatga olinayotganining o‘zi bizga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi. Konstitutsiyaviy islohotlarga hissamizni qo‘shish imkoniyati berilganidan minnatdormiz.

Mavzuga oid

O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakov: A...

Nyu-York shahridagi “Shashmaqom” maktabi asoschisi va rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Iz...

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi t...

Mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jal...

BMT qarorgohida O‘zbekistondagi konstitu...

BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayonlariga...

So`nggi yangiliklar