Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Indoneziyadagi vatandoshlar: Referendum Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi

JAKARTA, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Indoneziyada istiqomat qilayotgan va mamlakatning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar yurtimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishmoqda:


Finansoviy konsultant kompanii “PT Aksi Visitama” kompaniyasining moliyaviy maslahatchisi Botirjon Rahimov:

- Islohotlarda bevosita ishtirok etish, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish biz uchun katta sharaf va g‘ururdir. Biz o‘z Vatandan uzoqda bo‘lgan o‘zbekistonliklarga hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rliklarni behad qadrlaymiz.

Vatandoshimiz Sabina Shaydullina:

- Indoneziyada yashayotgan bo‘lsam-da O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni, jumladan, Konstitutsiyamizga muhim tuzatish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar jarayonini katta qiziqish va eʼtibor bilan kuzatib borayapman.

Shubhasiz, Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumining o‘tkazilishi davlatimizning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini yana-da barqaror rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatimizda  Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. Oldinda turgan referendum mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan juda dolzarb siyosiy voqea bo‘ladi.

Vatandoshimiz Dilbar Mamayusufova:

- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Konstitutsiyada o‘z aksini topishidan xursand bo‘laman.

Ijobiy o‘zgarishlarga erishish bizning umumiy intilishimizdir. Ular bizning hayotimizni, jamiyatimizni o‘zgartirishi barobarida insonning qadr-qimmatini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Konstitutsiyaga keng jamoatchilik ishtirokida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tashabbuslarining amalga oshirilishi O‘zbekistonni yana-da demokratik davlatga aylantirish va xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

AQSHdagi vatandosh: O‘zbekistonda amalga...

Saidbek Mamasoliyev, San-Fransisko universiteti talabasi

AQSHdagi vatandoshimiz: Bosh qomusimiz l...

AQSHning Kaliforniya shtatidagi Berkli universiteti professori Shohzod Tohirov O‘zbekiston...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Konst...

Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud...

So`nggi yangiliklar