Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Avgust/2020   Dolzarb

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Tashqi ishlar vazirligiga Samarqand forumini tashkil etish, o‘tkazish va targ‘ib etishdagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi


TOSHKENT, 15 avgust. «Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yil 12-13 avgust kunlari «Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzusida inson huquqlari bo‘yicha Samarqand onlayn forumi yuqori saviyada o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Forum tafsilotlari milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan katta qiziqish bilan yoritilgani anjumanning nufuzi naqadar baland bo‘lginidan dalolat beradi. Shuningdek, xorijiy davlatlar siyosiy va akademik doiralari vakillari, taniqli ekspertlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar namoyondalari forum tafsilotlari va natijalari haqida ijobiy fikr-mulohazalar bildirdi.

Muhim xalqaro tadbirni tashkil etish va o‘tkazish jaryonlarini o‘z vaqtida yoritish va targ‘ib etishda Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning chet davlatlardagi vakolatxonalari va «Dunyo» axborot agentligi faol ishtirok etdi.

Bu fikrlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov tomonidan Tashqi ishlar vazirligiga yo‘llangan minnatdorlik xatida qayd etilgan.

Milliy markaz rahbari o‘z xatida, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand onlayn forumini yuksak darajada tashkil etish va o‘tkazish «Dunyo» axborot agentligi tomonidan tezkorlik, oshkoralik va xolislik prinsiplari asosida yoritilganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand forumining asosiy milliy tashkilotchisi O‘zbekiston hukumati hisoblanadi. Xalqaro anjumanni o‘tkazish mas’uliyati Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklatildi.

Forum BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi hamda ushbu Boshqarmaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi, BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, Fridrix Ebert fondi kabi xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Samarqand veb-forumi ishtirokchilarining jami soni 1000 nafardan ortiq kishini tashkil etdi.

Anjuman yakunida "Yoshlar-2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari" nomli Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Rezolyutsiyada butun dunyo yoshlariga ularning jamiyat hayotida to‘la, samarali va ta’sirchan ishtirokini ta’minlash uchun real imkoniyatlar beradigan strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yuzasidan davlatlarga murojaat qilingan.

Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilari o‘zlari qabul qilgan yakuniy hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyasini qabul qilishga doir taklifini qo‘llab-quvvatlagan. Ularning fikricha, bunday amaliy qadam yoshlarning ehtiyojlarini qanoatlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Mavzuga oid

«Orolga hayot bag‘ishla» konferensiyasi...

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan BMTning O‘zbekistondagi vakolatxo...

O‘zbekistonning mamlakatda demokratik o‘...

YUNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Eduard Firmin Matoko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat...

Budapeshtdagi uchrashuvlar chog‘ida O‘zb...

Elchi Abat Fayzullayev boshchiligidagi O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi delegatsiy...

So`nggi yangiliklar