Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Media

«Investor ID» O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida


JAKARTA, 17-may. /“Dunyo” AA/. Indoneziyaning «Investor ID» yangiliklar veb-sahifasida Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik mavzusiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Indoneziya parlamenti Vakillar palatasining sanoat va rivojlanish masalalari bo‘yicha spikeri Rahmat Gobel boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi haqidagi maʼlumotlar o‘z ifodasini topgan.

“Indoneziya O‘zbekistondan kimyoviy o‘g‘itlar, O‘zbekiston esa Indoneziyadan muayyan tropik mevalarni import qilish niyatida. Shu paytga qadar Indoneziya o‘g‘itlarni Kanada va boshqa mamlakatlardan olib kelar edi”, - deb yozadi maqola muallifi Gora Kundjana.

«Investor ID» muxbiri bilan qisqa suhbat chog‘ida Rahmat Gobel O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlik qishloq xo‘jaligi, savdo, sayyohlik va shahar rivojlanishi singari sohalarni qamrab olishini qayd etgan.

“To‘rt kun davomida O‘zbekistonda Rahmat Gobel va Indoneziya parlamenti delegatsiya aʼzolari O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Umurzoqov, “O‘zkimyosanoat” aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi Jo‘rabek Mirzamahmudov va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi” deb yozadi muallif.

Xabar qilinishicha, O‘zbekistonda uchrashuv va muzokaralardan tashqari, tashrif doirasida Indoneziya delegatsiyasi Samarqand va Toshkentdagi tarixiy qadamjolarni ham ziyorat etadi.

“Indoneziya – eng ko‘p musulmon aholiga ega bo‘lgan mamlakat bo‘lib, uning fuqarolari O‘zbekistondagi islom madaniy merosiga katta qiziqish bilan qarashadi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston bilan ziyorat turizmi sohasida hamkorlikni rivojlantirishda katta imkoniyat mavjuddir”, - deb yozadi «Investor ID» Rahmat Gobel bildirgan fikrlardan iqtibos keltirar ekan.

Mavzuga oid

«Ash-Sharqul Avsat» gazetasi: Saudiya Ar...

Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid Al-Falihning O‘zbekistonga tashrifi doiras...

AQSHdan munosabat: Inson huquq va erkinl...

«The Bukharian Times» haftalik gazetasida O‘zbekiston Prezidentining BMT Inson huquqlari b...

O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati Indo...

Indoneziyaning «Kompasiana» yangiliklar saytida «O‘zbekistonning yangi mintaqaviy yo‘nalis...

So`nggi yangiliklar