Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2022   Ilm-fan

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Kastilya-La Mancha universiteti o‘rtasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi

MADRID, 29 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 30 oktyabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Ispaniyaning Kastilya-La Mancha universiteti vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa vositasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda tomonlar ikki oliy taʼlim muassasalari faoliyati, maqsad va vazifalari, o‘quv jarayonlari hamda xalqaro hamkorlik aloqalari holatlari bilan yaqindan tanishdi.   

Universitetlar o‘rtasida turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, qisqa muddatli o‘quv kurslariga talabalarni jalb qilish, treninglar tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida ishtirok etish hamda ikki diplomli qo‘shma taʼlim dasturlari doirasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki oliy taʼlim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘zaro tashriflarni amalga oshirish, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Kastilya-La Mancha universiteti (Universidad de Castilla-La Mancha - UCLM) davlat oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Tan olingan xalqaro taʼlim reytingiga ko‘ra mazkur universitet dunyoning 1000 ta eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy olgan. Uning Albasete, Kuenka, Syudad-Real va Toledo shaharlarida bo‘linmalari, shuningdek, Talavera-de-la-Reyna va Almadena shaharlarida markazlari mavjud. Hozirgi kunda universitetda 30 mingdan ortiq talaba tahsil oladi va 2 ming 300 nafar professor-o‘qituvchi yoshlarga taʼlim beradi. Fundamental ilmiy tadqiqotlarni olib borish universitetning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Hududlarni rivojlantirish instituti, Kastilya-La Mancha ilmiy-texnologik parki kabi 35 ta ilmiy-tadqiqot markazi va institutlari faoliyat yuritadi.

Mavzuga oid

Toshkent shahrida Britaniya menejmenti u...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahridagi Britaniya menejment u...

Onlayn-TV, Onlayn-radio, Onlayn-maktab d...

Yetti kunlik arxivga ega bo‘lgan Onlayn-TV, Onlayn-radio, milliy va xorijiy eng mashhur ko...

«O‘zbek tili izohli lug‘ati»ning yangi k...

Toshkent davlat pedagogika universitetida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» yangi kitobi na...

So`nggi yangiliklar