Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   Hamkorlik

Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi delegatsiyasi Belarusga tashrif buyurdi

MINSK, 29-noyabr. /”Dunyo” AA/. Joriy yil 23-26 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Rustamov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi xizmsat safari bilan Belarusning Mogilyov shahrida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Safar doirasida delegatsiya aʼzolari MDH Hududlararo va chegaraoldi hamkorlik bo‘yicha Kengashining XI yig‘ilishi hamda XIII “Melnitsa uspexa” Xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etishdi.

MDH Hududlararo va chegaraoldi hamkorlik bo‘yicha Kengashining yig‘ilishi kun tartibida sakkiz masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, MDHga aʼzo davlatlarda hududlararo va chegaraoldi hamkorligi doirasida amalga oshirilgan ishlar, avvalgi yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar hamda 2030 yilgacha mo‘jallangan iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini hududlararo va chegaraoldi hamkorlik qismi yo‘nalishidagi (2021-2025 yillar) chora-tadbirlar ijrosi holatlari hamda Savdo-sanoat palatalarining faoliyati bo‘yicha ijobiy xulosalar qabul qilindi.

Shuningdek, MDH Hududlararo Forumini o‘tkazish (O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan) va chegaraoldi kutubxonalar negizida kutubxona-axborot makonini rivojlantirish konsepsiyalari maʼqullanib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun MDH ijroya qo‘mitasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“Melnitsa uspexa” Xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Belarus Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Tatyana Bransevich bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan Belarus Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tasarrufidagi Ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida makroiqtisodiy prognozlash, oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini o‘rta muddatga prognozlash, sanoat korxonalarida energosamaradorlik, IT cohasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tashrif davomida elchixona tomonidan mamlakatimiz delegatsiyasi uchun “Mogilevximvolokno” OAJ, “Babushkina Krinka” OAJ, “MAZ” OAJning “Mogilyovtransmash” zavodi, “Mogilyovliftmash” OAJ, “Mogoteks” OAJ kabi bir qator tashkilot va tadbirkorlik subyektlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

Ularda O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirildi va kelgusida ikki tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik talabalar Moskvada o‘tkaz...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Moskva politexnika universitetida tashki...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya hududlari ...

O‘zbekistonlik diplomatlar Janubiy Koreyaning Pyontek shahri maʼmuriyatining xalqaro almas...

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ilm...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Bokuda Ozarbayjonning Ilm-fan ...

So`nggi yangiliklar