Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Iqtisodiyot

Ishchi guruh Toshkent viloyatida sanoatni hamda ijtimoiy-iqtisodiy jabhani jadal rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini o‘tkazmoqda

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi  vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh kecha joylarga chiqqan holda Toshkent viloyatining sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish hamda uni jadallashtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishi obyektlari va korxonalariga tashrif buyurildi, ular misolida turli tarmoqlarning rivojlanish masalalari, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Ishchi guruh aʼzolari tadbirkorlar va eksportchilar bilan bevosita muloqot orqali ishlab chiqarish va eksport faoliyati jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilishgani holda ularning hal etilishi mexanizmlarini ishlab chiqdilar. Mazkur mexanizmlarni bevosita joylarda amalga oshirish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

Hudud sanoatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ichki bozorda talab ortib borayotgan, asosan, import qilinadigan mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarni hayotga tatbiq etishga investitsiyalar jalb qilinishini jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan, hududiy import tarkibini har tomonlama tahlil qilish, aniq tovar turlarini aniqlash va Toshkent viloyatida ana shunday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, aholini infratuzilma va ijtimoiy xizmatlari bilan taʼminlashdagi mavjud muammolarni inventarizatsiya qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha masʼul rahbarlar va ijro muddatlari belgilangan holda aniq amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.

Hozirgi kunda ishchi guruh viloyatdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal qilish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishni davom ettirmoqda.

Mavzuga oid

Markaziy Osiyo va Kaspiy gidroenergetika...

V Xalqaro kongres hamda «Markaziy Osiyo va Kaspiy gidroenergetikasi 2021» ko‘rgazmasi araf...

O‘zbekiston 13,8 milliard dona atirgul e...

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, shu yilning dastlabki 9 oyi davomida O‘zbekiston 8 ta...

Qishloq xo‘jaligi vazirligi suv resurlar...

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida AKIS - Agroxizmatlar markazida Qishloq xo‘ja...

So`nggi yangiliklar