Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   TIV yangiliklari

Ispaniya elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi

TOSHKENT, 27 iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Ispaniya Qirolligining mamlakatimizdagi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Markos Gomes Martinesni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, Vladimir Norov elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar keyingi yillarda rivojlanishning sifat jihatidan yangi bosqichiga ko‘tarilgan, amaliy mazmun bilan boyitilgan O‘zbekiston-Ispaniya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Siyosiy muloqotni faollashtirish, turli darajadagi tashriflar tashkil etish, xalqaro institutlar doirasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Markos Gomes Martines Ispaniya O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy davlat deb bilishini va respublikada amalga oshirilayotgan, aholi farovonligini oshirish va mamlakatning jahon miqyosidagi nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan tizimli islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Ispaniya tomoni O‘zbekiston bilan transport, qishloq xo‘jaligi, bank ishi, to‘qimachilik va neft-gaz sanoati, qayta tiklanadigan energiya va turizm sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Elchi ispan kompaniyalari uchun O‘zbekiston katta imkoniyatlarga ega istiqbolli bozor ekanligini maʼlum qildi. Mamlakat va uning ishbilarmonlik muhitini batafsil o‘rganish uchun Ispaniya tadbirkorlik subektlari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan.

Taʼlim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun yetarli salohiyat mavjudligi taʼkidlandi. Xususan, O‘zbekistonda Ispaniya universitetlarining filiallari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ochish, ispaniyalik mutaxassislar va o‘qituvchilarni mamlakatimizga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

 

***

 

Shu kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatilla Ergashev va Ispaniya elchisi Markos Gomes Martinez o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida  tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni  va bu mamlakatga yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qildi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Germaniya maxsus vakillar...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev kecha Ber...

TIV hayʼati yig‘ilishida Vazirlik tizimi...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kecha TIV Hayʼat yig...

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbos...

So`nggi yangiliklar