Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

Ispaniya OAV O‘zbekistonning Orol mintaqasi muammolarini hal etish bo‘yicha xalqaro tashabbuslari haqida

MADRID, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Ispaniyaning mashhur «El Imparcial» onlayn-nashrida siyosiy sharhlovchi Rikardo de la Sernaning «Orol kelajagi»  sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Sharhda ekspert Orol dengizini tiklash O‘zbekiston tashqi siyosatining ekologik kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri ekanligini qayd etgan. Muallifning yozishicha, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning Suv masalalari bo‘yicha konferensiyasidagi chiqishida Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning Orol dengizini tiklash bo‘yicha olib borayotgan saʼy-harakatlari mazmun-mohiyatini batafsil ochib bergan va hukumatning BMT doirasida olib borayotgan siyosatini xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlash muhimligini taʼkidlagan.

«26 mart — Xalqaro Orol dengizi kuni sifatida nishonlanadi,- deyiladi nashrda. – Bir paytlar Markaziy  Osiyodagi bu dengiz dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l edi. Kaspiy dengizi, Yuqori va Viktoriya ko‘llaridan keyingi o‘rinda qayd etilgan. Uning uzunligi 430 kilometr va kengligi 234 kilometrni tashkil qilgan.  Amudaryo va Sirdaryo suvlari 34 turdagi baliqlarning faunasini oziqlantirib, ulardan 24 tasi oziq-ovqat sifatida foydalanilgan.

Muallif taʼkidlaganidek, mustaqillikka erishgandan beri O‘zbekiston va Qozog‘iston Orol dengizini tiklash bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.  BMT ko‘magida Orol dengizining ekotizimini tiklash va uning resurslaridan oqilona iqtisodiy foydalanish orqali uni tiklash bo‘yicha bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mutaxassisga ko‘ra, Orol dengizini tiklash O‘zbekiston tashqi siyosatining ekologik kun tartibining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro anjumanlarda bu masalani muntazam ko‘tarib kelmoqda.

«Umuman olganda, Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylangan ilk kunlardan boshlab O‘zbekistonda yangi islohotlar, xususan  konstitutsiyaviy o‘zgarishlar, yangi tashqi siyosat, korrupsiya hamda  odam savdosiga qarshi kurash singari chuqur institutsional islohotlar jarayoni boshlandi, – deyiladi nashrda. – Orolbo‘yining nafaqat ekologik-iqtisodiy, balki madaniy jihatdan tiklanishi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida muhim o‘rin tutadi».

Muallif maqola intihosida, O‘zbekiston tajribasi bu borada boshqa mamlakatlarga o‘rnak bo‘la olishini qayd etdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Ukraina arbitraj sudlari ...

Mamlakatimizning Kiyevdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuri...

«China Trade Daily»: 2021 yilda Xitoy bi...

Xitoyning «China Trade Daily» iqtisodiy nashrida «Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq x...

Fransiya OAV Parijda ochilgan O‘zbekist...

Fransiyaning “Ouest-France” gazetasida «O‘zbekiston vohalarining tarovati Luvrda ochildi...

So`nggi yangiliklar