Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Fevral/2021   Siyosat

Ispaniyadan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti mamlakatdagi demokratik o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniq va ravshan belgilab berdi


MADRID, 23 fevral. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi Ispaniyada katta qiziqish uyg‘otmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yevroosiyo tadqiqotlari assotsiatsiyasi rahbari Fernando Moragonga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda demokratik o‘zgarishlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilab berdi. Davlat rahbari ilgari surgan asosiy maqsadlar dolzarbligi va o‘z vaqtida taklif qilingani bilan ajralib turibdi.

— Prezidentning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, respublikaning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning rolini tubdan oshirish, yoshlar huquqlarini himoya qilish, majburiy va bolalar mehnatiga barham berish to‘g‘risidagi tashabbuslari hozirgi kunda O‘zbekistonni isloh qilish jarayonida markaziy o‘rinni egallamoqda, - dedi ispaniyalik mutaxassis. - Prezident nutqidagi mavzular qatorida shuni ta’kidlashni istardimki, yaqin kelajakda O‘zbekiston parlamenti BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qiladi. O‘zbekiston ushbu masala bo‘yicha maxsus ma’ruzachini taklif qilmoqchi bo‘layotgani, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar tashrifini kutayotganini eshitish quvonarli.

O‘zbekiston Prezidenti fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolmaslik va mamlakatda so‘z erkinligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash niyatida hamda respublikaning inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq majburiyatlariga qat’iy sodiqligini ko‘rsatmoqda.

«Panevropa ittifoqi» ijtimoiy-siyosiy harakati raisi Karlos Uriartening fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakat rahbariyatining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qat’iy siyosatini yana bir bor namoyish etdi.

- O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta Kengash a’zosi etib saylangani hamda O‘zbekiston rahbarining BMT tizimining bunday muhim organi faoliyatida birinchi marta shaxsan ishtirok etganini ta’kidlashni istardim, - dedi ekspert. - Bu tarixiy voqea bizga mamlakat demokratik islohotlarni kuchaytirish va rivojlantirish yo‘lidan dadillik bilan odimlayotganini e’tirof etishga imkon bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatning bu sohadagi yuqori natijalarni qayd etish bilan cheklanmadi, balki uni xalqaro darajadagi iste’dodli islohotchi sifatida tavsiflovchi yangi tashabbuslarni faol ravishda ilgari surdi. Mamlakatning Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq inson huquqlari sohasida islohotlarni amalga oshirishga bo‘lgan intilishi menga katta taassurot qoldirdi. Bu O‘zbekiston rahbariyati BRM vazifalari mazmun-mohiyatini, har qanday masalalarni hal qilish va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatni rivojlantirishning strategik yechimini to‘g‘ri anglashini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyati xalqaro hamjamiyat tomonidan o‘rganiladi, shuningdek, davlat rahbarining respublika va butun dunyoda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha faol sa’y-harakatlari to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.

Mavzuga oid

MDH ekspertlari Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘m...

O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida bugun Hamdo‘stlik mamlakatlari ekspertlari vide...

O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar v...

Juma kuni O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirliklari huquqiy boshqarmalari o‘rtas...

«Katta yettilik» (G7) ning navbatdagi s...

Buyuk Britaniya joriy yil 11-13 iyun kunlari «Katta yettilik» (G7) sammiti davlat rahbarla...

So`nggi yangiliklar