Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Dolzarb

Ispaniyadan munosabat: O‘zbekiston ulkan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi davlatga aylanmoqda


MADRID, 5 mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHK) 14-sammitida ilgari surgan tashabbuslarning hayotga tatbiq etilishi mamlakat va tashkilotning xalqaro obro‘sini mustahkamlashning muhim omiliga aylanadi. Ushbu fikr xalqaro ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmon doiralar vakillari tomonidan bildirilmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri .

Xose Mariya Chikiyo, YUNESKOning «Ipak yo‘li» xalqaro dasturi rahbari:

- Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish ustuvorligini e’tirof etib, buun dunyoga uzoqni ko‘ra bilish qobiliyatini yana bir bor namoyish etdi.

O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, «Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hududi – bu tarixi, dini, madaniyati va qadriyatlari mushtarak, ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lgan umumiy mintaqadir».  Afsuski, pandemiya jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu borada hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirib, O‘zbekiston rahbari COVID-19 kuchli va zaif tomonlarimizni, bir-birimizga naqadar bog‘liq ekanimizni, iqtisodiy sheriklikni yanada mustahkamlash zaruratini yaqqol ko‘rsatganini ta’kidladi.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Prezidentining mintaqa salohiyatini birlashtirishga qaratilgan tashabbuslari juda dolzarbdir.

Xesus Xil, Madrid avtonom universiteti professori, sharqshunos:

- O‘zbekiston Prezidentining so‘nggi yillardagi nutqlarining tahlili biz uchun mintaqaviy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarning strategik izchilligini namoyish etmoqda. O‘zaro savdo va investitsiyalarni yanada rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni mustahkamalash va boshqa ko‘plab takliflar O‘zbekiston Prezidentining kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal qilishda kompleks yondashuviga ishora qilmoqda.

O‘zbekiston rahbari o‘zining strategik dunyoqarashi bilan dolzarb ichki muammolarni hal qilmoqda, mintaqaning umumiy kelajagini birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan belgilashga intilmoqda.

O‘zbekiston aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ulkan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi davlatga  aylanmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib k...

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga...

Shavkat Mirziyoyev: Bironta xonadon, bir...

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Prezident Oʼzbekiston fuqarolarini vatan...

Respublika maxsus komissiyasiga xorijdagi hamyurtlarimizni vatanga qaytarish chora-tadbirl...

So`nggi yangiliklar