Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Fevral/2021   Sport

Ispaniyalik futbolchi: O‘zbekiston - koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olgan mamlakat


MADRID, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Ispaniyaning yetakchi nashrlaridan biri - “Marsa” gazetasida yaqinda Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi bilan shartnoma imzolagan ispaniyalik futbolchi Diyego Bardankaning intervyusi chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Real Valyadolid» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Diyego Bardanka shu kunga qadar Ispaniyaning “Valyadolid”, “Rekreativo” va “Levante-2” jamoalarida, shuningdek, Finlyandiya va Polsha klublarida to‘p surgan.

Intervyuda futbolchi O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, garchi koronavirus pandemiyasi mamlakatni chetlab o‘tmagan bo‘lsada, bugun epidemiyaning avj pallasi allaqachon ortda qolganini aytadi. Statistika va kundalik haqiqat shuni ko‘rsatadiki, koronavirus bugun iqtisodiy va ijtimoiy hayotga jiddiy taʼsir ko‘rsatayotgani yo‘q, deydi u.

Futbolchiga ko‘ra, mamlakatda kasallikning yangi avj olishining oldini olish bo‘yicha izchil ishlar davom etmoqda. O‘zbekistonga kirish va chiqish qatʼiy tarzda PSR-testlari va sanitariya nazorati ostida ruxsat berilgan.

Diyego Bardanka sanitariya-epidemiologik tadbirlar to‘liq mashg‘ulot o‘tkazishga xalaqit bermayotganini taʼkidlagan. Unga ko‘ra, Ispaniyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ham ana shunday tarzda nazoratga olinsa, odamlarga odatiy tarzda hayot kechirishga imkon bergan bo‘lar edi.

Mavzuga oid

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi ...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlari 28 iyulgacha to‘xtatildi.

Koreya Respublikasidagi yurtdoshlarimiz ...

Bugun Koreya Respublikasining turli shaharlarida mamlakatimiz elchixonasi xodimlari, Bandl...

O‘zbekiston vakillari Gran Prix Zagreb O...

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha mavsumning ilk rasmiy musoba...

So`nggi yangiliklar