Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Ispaniyalik xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi


TOSHKЕNT, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etgan ispaniyalik bir guruh kuzatuvchilar yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalarida muzokaralar ham o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Xususan, Madriddagi  Qirol Xuan Karlos nomidagi universitet professori Karlos Uriarte Sanches O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib, amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi. O‘zbekistonda ispan tilini o‘rganish kurslari faoliyatini kuchaytirish takliflari bildirildi. Kelgusida muhim ahamiyatga molik  loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

«GEDESPA» tashkiloti rahbari Alejandro Pastrana Molero, YUNESKOning «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro dasturi prezidenti Jose Maria Chikiyo Barber, Madrid universitetining bosh kotibi Xesus Gil Fuensantava, Xuan Karlos universiteti o‘qituvchisi Karlos Uriarte Sanches Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Ispaniyalik mehmonlar ishtirokida «Butun dunyoda ispan tilining ahamiyati» mavzusida konferensiya doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni o‘rnatish, ispan tilini  o‘rgatish  bo‘yicha o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish  masalalari xususida fikr almashildi. 

Anjumanda Ispaniya vakillari «Butun dunyoda ispan tilining ahamiyati», «Buyuk ipak yo‘li va turizm», «Ispan tili va uning tarixi va bugungi ilmiy tadqiqotlari», «Ispan tilida gaplashuvchi xalqlar» mavzularida taqdimotlar o‘tkazdi.

Ispan tilini o‘rganayotgan talaba-yoshlar tomonidan o‘zbek va ispan madaniyati bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari mehmonlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Professor Karlos Uriarte Sanches, shuningdek, Samarqand davlat universitetida ham bo‘ldi. Universitet rahbariyati bilan kechgan muloqot chog‘ida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari xususida fikr almashildi. Ispaniyalik olimga Samarqand davlat universiteti faxriy professori unvoni berildi.

- Men Samarqand davlat universiteti bilan bir necha yildan beri yaqin hamkorlik qilib kelaman. Universitet talabalariga o‘z soham bo‘yicha dars ham o‘taman, - dedi  Karlos Uriarte Sanches. - Ushbu faxriy unvon meni juda quvontirdi. Yurtingizga Prezident saylovini kuzatish uchun kelgan edim. Shu bahonada qadrdon universitetimda bo‘lish imkoniyati tug‘ildi.  Ayni paytda Markaziy  Osiyo bilan bog‘liq ilmiy izlanishlarimni davom ettirayapman. Bunda menga Samarqand davlat universiteti olimlari yaqindan yordam bermoqda.  Universitet rahbarlari bilan kechgan suhbatda aloqalarni yanada mustahkamlash, Ispaniya oliy ta’lim muassasalari bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldik. O‘ylaymanki,  hamkorligimiz ikki tomonga ham foydali bo‘lib xizmat qiladi.  

Qirol Xuan Karlos universiteti  vakili, shuningdek, xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Ispan professori yoshlarga Yevropa, xususan, Ispaniya xuquqiy tizimi to‘g‘risida ma’ruza qildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda bo‘lajak saylovlar Xitoy o...

Xitoydagi yetakchi nashrlardan biri - «Jenmin jibao» gazetasining onlayn nashrida O‘zbeki...

«Germaniya-O‘zbekiston» do‘stlik assotsi...

Kecha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan...

Kecha O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod...

O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar bo‘yicha kampaniya davom etmoqda

So`nggi yangiliklar