Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2020   Iqtisodiyot

Ispaniyaning sarmoyadorlar guruhi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda


MADRID, 4 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi vakillari Ispaniyaning «Iberatlantic» investitsiya biznes guruhi rahbariyati bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish va O‘zbekiston – Ispaniya savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha onlayn muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.

«Iberatlantic» biznes guruhi yakuniy foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni olish va shu bilan birga investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish imkoniyatini oshirishni o‘z ichiga olgan kompleks loyihaviy yechimlarni ta’minlaydi.

Onlayn muloqotda «Iberatlantic» biznes guruhi rahbari Pedro Mourinyo sarmoyaviy biznes guruhining asosiy faoliyati sanoat uskunalari, energetika sektori, suv resurslari, ekologik loyihalar va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, AKT, raqamlashtirish va innovatsiya kabi ustuvor loyihalarni ishlab chiqish, temir yo‘llar, sanoat aeroporti uskunalari va infratuzilma bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Ispaniya tomoni O‘zbekistonning investitsiya jozibadorligi va mamlakat iqtisodiyotining jadal isloh qilinayotganini hisobga olib, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi.

Ispaniya biznes guruhi rahbariyatining qayd etishicha, O‘zbekistondagi qulay iqtisodiy sharoit, investitsiya hamda ishbilarmonlik muhiti xalqaro savdo va biznesni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda, yirik investorlar e’tiborini tortmoqda.

Ushbu uchrashuv va O‘zbekiston – Ispaniya hamkorligining joriy bosqichi ommaviy axborot vositalari e’tiboridan chetda qolmadi. Xususan, muzokaralar va o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari haqidagi maqola Ispaniyaning «Empresa Exterior» gazetasida nashr qilindi.

Mavzuga oid

Gul yetishtirishda Turkiya tajribasi o‘r...

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Turkiyaning gulchi...

O‘zbekiston iqtisodiyot va turizm sohasi...

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori K.Sharipov boshchiligidagi mamlakatimiz d...

Yekaterinburgda Namangan – Sverdlovsk bi...

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Namangan viloyati ishbilarmonlari va tadbirkorlari hamd...

So`nggi yangiliklar