Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

Isroil OAV O‘zbekistonning BMT minbaridan Orol muammosini bartaraf etish bo‘yicha ilgari surgan yangi tashabbusi haqida

TEL-AVIV, 27-mart. /“Dunyo” AA/. Isroilning  yetakchi onlayn nashrlaridan biri - “MIGnews”da  O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzosi  Saida Mirziyoyevaning BMTning Suv masalalari bo‘yicha konferensiyasidagi nutqiga bag‘ishlagan maqola eʼlon qilindi, deb xabar byuyermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


 Maqolada qayd etilganidek,  22-24 mart kunlari Nyu-York shahrida  bo‘lib o‘tgan BMTning  Suv masalalari bo‘yicha  tarixiy  konferensiyasi chog‘ida  O‘zbekiston  Aral Culture Summit - Orol madaniyat sammiti   nomli yangi loyihasining taqdimotini o‘tkazdi.

«Orol madaniyati sammiti doirasida yosh avlodni mintaqadagi vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shadigan ko‘nikmalarni shakllantirishga undaydigan taʼlim va almashinuv dasturlari, stipendiyalar va stajirovkalar tashkil etiladi,- deyiladi maqolada. - Shuningdek, sammit doirasida biodizayn ferma-laboratoriyasi tashkil etiladi. Loyiha doirasida mintaqani suv bilan taʼminlash, yangi ekin turlarini yaratish, shuningdek, hududda sho‘rlanishni kamaytirish bo‘yicha turli texnologiyalar o‘rganiladi va ishlab chiqiladi».

Nashrda taʼkidlanganidek, sammit ijodkorlarni mahalliy fermerlar bilan birlashtirib, yangi o‘simliklar yetishtirish uchun biodizayn sohasida barqaror aloqalarni o‘rnatishi va shu orqali kelgusi 10 yilga mo‘ljallangan strategik rejani ishlab chiqishi maʼlum qilindi. Bu mahalliy hamjamiyatda ulkan o‘zgarishlar uchun zamin yaratadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Misrga tashri...

Fransiyaning “Agence Ecofin” internet-nashri sahifasida “Misr va O‘zbekiston yangi sarmoya...

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis p...

Janubiy Koreyada chop etiladigan yetakchi nashrlardan biri – “The Korea Post” jurnali o‘z ...

O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshiri...

Misrning “Al-Diplomasi” nashrida «Fitch Ratings» O‘zbekistonda turli jabhalarda iqtisodiy ...

So`nggi yangiliklar