Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Fevral/2020   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Isroilda Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi


TEL-AVIV, 15-fevral. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi tomonidan poytaxtimizda shu yil 5-6-mart kunlari bo’lib o’tadigan I Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag’ishlab davra suhbati bo’lib o’tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xolon texnologiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ishbilarmon doiralar, moliya institutlari, Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi, «Brit Yotsey Buxara» (Buxorodan kelgan muhojirlar ittifoqi) jamoat tashkiloti va jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, shu jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash, sarmoya jalb qilishni rag’batlantirish, shuningdek, mamlakatimizning 2019-yildagi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan tanishdi.

Muloqot chog’ida Toshkent xalqaro investitsiya forumi maqsad va vazifalari, kun tartibi hamda dasturi haqida ma'lumot berildi.

Xolon texnologiya instituti prezidenti Y. Yoqubov ikki mamlakat universitetlari o’rtasidagi ilmiy hamkorlik natijalari va istiqbollariga to’xtaldi. O’zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlar, manfaatli sheriklikni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr bildirdi. Isroil biznes vakillarini O’zbekiston bozoriga faol sarmoya kiritishga chaqirdi. O’zaro uchrashuvlar o’tkazish uchun sharoit yaratishda hamkorlikka tayyorligini aytdi.

Davra suhbatida O’zbekiston bilan Isroil o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, o’zaro manfaatli investitsiya loyihalari va boshqa foydali ma'lumotlar taqdim etildi. Toshkent xalqaro investitsiya forumida Isroil ishbilarmonlarining ishtiroki muhokama qilindi.

Tadbirda Isroilning «Menora» gazetasida Xolon texnologiya instituti prezidenti Y.Yoqubovning Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag’ishlangan intervyusi e'lon qilingani ma'lum qilindi.

Unda keltirilishicha, Toshkent forumi O’zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatini namoyish etish, xorijiy kompaniyalar bilan o’zaro manfaatli shartnomalarni imzolash uchun qulay platformaga aylanishi mumkin.

Davra suhbati qatnashchilari O’zbekiston va Isroil iqtisodiy hamkorligi, O’zbekistonda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni yuqori baholashdi.

Ular fikricha, O’zbekiston isroillik ishbilarmonlar uchun jozibador mamlakatga aylanib bormoqda.

Xolon texnologiya instituti prezidenti, shuningdek, Buxoro yahudiylarining O’zbekistonga sarmoya jalb qilishda faol ishtirok etishini ta'kidladi.

Ma'lumot o’rnida, Buxoro yahudiylari umumjahon Kongressining haftalik nashri bo’lgan «Menora» gazetasi 2000-yilda tashkil etilgan. Nashr 20 ming nusxada, ivrit (yahudiy) va rus tillarida chop etiladi. Gazeta Isroil, AQSh, Avstriya, Germaniya va Rossiyada tarqatiladi.

Mavzuga oid

Malayziyada Toshkent xalqaro investitsiy...

Malayziya poytaxtida I Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib...

Toshkent xalqaro investitsiya forumida H...

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va ...

Yevropalik ishbilarmonlar I Toshkent xal...

O‘zbekistonning Belgiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilyor Hakimov Bryusselda tashkil...

So`nggi yangiliklar