Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Madaniyat

Isroilda zamonaviy o‘zbek miniatyura sanʼati namunalari namoyishi bo‘lib o‘tmoqda


TEL-AVIV, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. Isroilning Tel-Aviv-Yaffa va Umm al-Fahm shaharlarida o‘zbek miniatyura sanʼati maktabi vakili  Davlat Toshevning ko‘rgazmalari ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

25 dekabrga qadar davom etadigan ko‘rgazmalar “Um el-Fahem Art Gallery” sanʼat galereyasi ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbek miniatyura sanʼati asarlari Isroil jamoatchiligi, ijodiy va ishbilarmon doiralari, shuningdek, mazkur davlatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari orasida katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda.

Ko‘rgazma mehmonlari o‘zbek miniatyura sanʼati asarlari muallifi bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldi, shuningdek, Buxoro miniatyura va hattotlik maktabining qadimiy anʼanalari, zamonaviy O‘zbekiston hududida islom madaniyatining rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbek rassomi ijodi va uning ishlari Quddusdagi Islom sanʼati muzeyi direktori Gilad Livian va isroillik mutaxassislarga taqdim etildi.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanadigan 2022 yilda qator qo‘shma madaniy tadbirlar, jumladan, Islom sanʼati muzeyida Davlat Toshevning shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid

Dubayda “Yalla” guruhi tomonidan yaratil...

Dubaydagi «Paramount Hotel» mehmonxonasida “Yalla” vokal-cholg‘u ansambli va rus kompozit...

Istanbulda Alisher Navoiy tavalludining ...

O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludiga 579 yil to‘ldi.

Italiyaning San-Remo shahrida o‘tkazilga...

Italiyaning San-Remo shahrida o‘tkazilgan «Sanremo Junior» bolalar xalqaro musiqa festival...

So`nggi yangiliklar