Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2021   Tadbirlar

Isroilning Petax Tikva shahridagi ko‘chalarning biriga buxorolik atoqli san’atkor Levi Boboxonov nomi berildi


TЕL-AVIV, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. Isroilning Petax Tikva shahridagi ko‘chalardan biriga vatandoshimiz, shashmaqom rivojiga munosib hissa qo‘shgan buxorolik atoqli san’atkor Levi Boboxonov nomi berildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Kecha Petax Tikva shahridagi ko‘chaga vatandoshimiz nomining berilishiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Petax Tikva shahri meri R.Grinberg, Butunjahon Buxoro yahudiylari kongressi a’zolari, Buxoro yahudiylari yetakchi jamoalari vakillari hamda O‘zbekistonning Isroildagi  elchisi F.Mahmudova ishtirok etdi. 
Ishtirokchilar mashhur vatandoshimiz tomonidan o‘zbek milliy musiqa san’atini, xususan, shashmaqomni rivojlantirishga, uni kelgusi avlodga yetkazishga qo‘shgan hissasini, Levi Boboxonov  tomonidan bastalangan quy-qo‘shiqlarning boqiyligini qayd etdi. Buyuk san’atkor tomonidan yaratilgan eng sara asarlar nafaqat o‘zbek milliy maqom san’atining, balki jahon musiqa madaniyatining bebaho xazinasi ekani alohida ta’kidlandi.  
Shashmaqom hamda xalq qo‘shiqlarining mohir ijrochisi va bilimdoni Levi Boboxonov nomini abadiylashtirish o‘zbek va yahudiy xalqlari o‘rtasidagi azaliy rishtalarning davom etishiga va yoshlarimizni ulug‘ ajdodlarimiz merosi bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
 Levi Boboxonov 1873 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. U shashmaqomning bizning davrimizgacha yetib kelishiga salmoqli hissa qo‘shgan. Xususan, Levi Boboxonov 20-asrning boshlarida Markaziy Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Buxoroda sozanda, xonanda va bastakor sifatida shuhrat qozongan. Uning  ijrochilik faoliyati bevosita shashmaqom, Buxoro maqomlari, Buxoro shashmaqomi nomlari bilan bog‘langan. Uning ijrosidagi shashmaqomning 30 ta musiqiy yozuvi bizgacha yetib kelgan. Bugungi kunda o‘zbek, tojik  musiqa maktablari, oliy ta’lim muassasalarining maqom yo‘nalishlarida Levi Boboxonov maqomchilik yo‘nalishi chuqur o‘rgatiladi.  
  O‘zbekistonda atoqli san’atkor nomini abadiylashtirish maqsadida Buxoro shahridagi markaziy ko‘chalardan biriga Levi Boboxonov nomi berilgan.

Mavzuga oid

Xivada xalqaro madaniy forum o‘z ishini ...

Bugun Xivada «Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniy forumi ...

O‘zbekiston delegatsiyasi «TIBO-2021» XX...

Bugun Belarus poytaxtida «TIBO-2021» XXVII xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ...

V Xalqaro kongressda O‘zbekiston madaniy...

«O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish – zamonaviy bosqichda” ...

So`nggi yangiliklar